100
ko’chmas mulk ob’ektlarini sotish va ularga doir axborotni qidirish borasida eng
qudratli tizimga ega. Biz ko’chmas mulk bo’yicha maxsus reklama rubrikalarini
yuritamiz va mintaqamizning barcha asosiy ommaviy
axborot vositalarida hamda
Moskvadagi ko’chmas mulk bo’yicha ixtisoslashgan nashrlarda tegishli bo’limlarga
egamiz, Firma Internet tamog’ida o’z saytiga (www.credit-center.ru), tashqi reklama
vositalarining rivojlangan tarmog’iga ega bo’lib, turli ko’rgazmalarda ishtirok etadi.
Shu sababdan biz ko’chmas mulk ob’ektiga xaridorni tezda topamiz, xaridorlarga
esa turli variantlarni taklif etamiz.
Lekin ob’ekt yoki bitim bo’yicha kontragentni izlash – bu ishning
boshlang’ich qismi. Ob’ektning huquqiy maqomi, uning jismoniy tavsiflari, huquq
egasi haqida axborot olish va,
eng asosiysi, ushbu axborotni sinchkovlik bilan
tekshirish talab etiladi.
Shundan keyin bitim shartlari (narx, hisob-kitoblar tartibi, ob’ektni topshirish
tartibi) haqida dastlabki muzokaralarni o’tkazish va bitimni amalga oshirish uchun
zarur bo’lgan barcha hujjatlarni tayyorlash bosqichi boshlanadi. Shartnomani tuzish,
ehtimol uni notariusda tasdiqlash va davlat ro’yxatidan o’tkazish bitimning yakuniy
bosqichi hisoblanadi.
Narxni to’g’ri belgilash, ob’ektni va huquq egalarini sifatli huquqiy ekspertiza
qilish, hujjatlarni to’g’ri va tez tayyorlash, barcha
bosqichlarda muzokaralarni
to’g’ri o’tkazish, hisob-kitoblarning xavfsizligini ta’minlash, ob’ektni avvalgi
egasidan yangisiga topshirish – bularning barchasi yuksak darajadagi
professionalizmni talab qiladi.
«Kredit-TSentr» o’z xodimlari mahoratining yuqori darajasini kafolatlaydi.
Firma ko’chmas mulk bozorida 1993 yildan buyon faoliyat ko’rsatmoqda va Rossiya
Rieltorlar gildiyasiga a’zo hisoblanadi. Firmaning har bir bo’limi ko’chmas
mulkning qandaydir bir turiga: ikkilamchi yoki birlamchi bozorlar kvartiralari, zahar
ortidagi ko’chmas mulk, tijorat ko’chmas mulki, garajlarga ixtisoslashadi.
Maxsus bo’limlar yuridik
rasmiylashtirish va ekspertiza, baholash hamda
marketing bilan shug’ullanadi.
101
Bularning barchasi ixtisoslashuv va professionalizmning yuqori darajasiga,
demak, bitimlarni tayyorlash va amalga oshirishda mijozlar
uchun kafolatlarning
yuqori darajasiga erishish imkonini beradi.
Lekin ko’chmas mulk bilan amalga oshiriladigan barcha bitimlar nafaqat
bitimlarni tayyorlash va amalga oshirish jarayonida tavakkalchilikning yuqori
darajasi bilan ajralib turadi. Bitim buzilgan hollarda mulk yoki puldan ajralib qolish
xavfi ko’chmas mulk bozorining eng asosiy tavakkalchiliklaridan biri hisoblanadi.
«Kredit-TSentr»ning ko’chmas mulk bilan amalga
oshiriladigan bitimlarni
tayyorlash va uni o’tkazishda ishtirok etishi tavakkalchilikni keskin kamaytiradi.
Rieltorlarning kasbiy javobgarligi 65 ming AQSH dollari qiymatida
sug’urtalangan. Bundan tashqari, firmaning o’z ko’chmas
mulki kafolatni
ta’minlashning eng ishonchli omili hisoblanadi. «Kredit-TSentr» mutaxassislari
faoliyat ko’rsatadigan ofis firmaga mulk huquqida tegishli, demak,
agar mijozlar
bizning aybimiz bilan zarar ko’rsa, ularni qoplashning ta’minoti bo’lib xizmat qilishi
mumkin. Ishlayotganimizga 8 yildan ko’p bo’lgan bo’lsa, hozircha bunaqa holat yuz
bergani yo’q.
Dostları ilə paylaş: