60
formalari ham mehnat tajribasida va dunyoni bilish jarayonlarida hosil bo`ldi va
o`sib bordi.
Odam hodisalar o`rtasidagi muhim aloqa va munosabatlarni, tabiat va ijtimoiy
hayot qonunlarini tafakkur yordami bilan ochib oladi. Insonning ong idora
qiladigan faoliyati endi faqat oddiy qo`l mehnati qurollari, ovqat, kiyim-kechak va
turar joyinigina yaratib qolmay, balki fan, san`at, murakkab texnikani ham
yaratadi. Kishilar ilmga asoslangan dunyoqarash yaratishga intiladilar va shunga
harakat qiladilar. Taraqqiy qilayotgan fan, texnika va san`at esa o`z navbatida
kishilar ongining o`sishiga, ularning ma`naviy qiyofasiga, tafakkuriga ta`sir etadi.
Dostları ilə paylaş: