O'zbek geografik terminshunosligining XX asrda rivojlanishi
O'zbek geografik terminshunosligining XX asrdagi taraqqiyotini
quyidagicha davrlashtirish mumkin:
1. XX asr boshidan 40 - yillargacha bo'lgan davr;
2. 1940 - 90 yillar;
3. 1990 yildan keyingi davr
XX asr boshidan 40 - yillargacha bo'lgan davr
XX asr boshidan 40 - yillargacha bo'lgan davr o'zbek geografik
terminshunosligi taraqqiyotining o'ziga xos davri hisoblanadi. Bu davrda
eski o'zbek alifbosi ikki marta (1929 va 1940 yillari) o'zgartirilgan. 1929
yilgacha nashr etilgan barcha adabiyotlar arab alifbosiga asoslangan
o'zbek yozuvida yozildi. Jumladan, Mahmudxo'ja Behbudiyning
“Qisqacha umumiy jo'g'rofiya” (Samarqand, 1902), “Aholi jo'g'rofiyasiga
kirish”
(Samarqand,
1903),
“Rusiyaning
qisqacha
jo'g'rofiyasi”
(Samarqand, 1905), F.Karimiyning “Jo'g'rofiya” (Orenburg, 1902),
Muhammad
Amin
Karimiyning
“Jug'rofiyai
riyoziy”
(1914),
Munavvarqori Abdurashidxon o'g'lining “Yer yuzi (jo'g'rofiya risolasi)”
(Toshkent, 1913), N.I. Balashovning “Turkiston. Jug'rofiya o'qimligi”
(Toshkent, 1925), “O'rta Osiyo iqtisodiy jo'g'rofiyasi” (Toshkent, 1925),
“O'rta Osiyo iqtisodiy jo'g'rofiyasi” (Toshkent, 1926) kabi darslik va
risolalar arab alifbosiga asoslangan eski o'zek yozuvida yozilgan. Bu
asarlarda xalq terminlaridan keng foydalanilgan. O'sha davrning eng
mukammal
va
ommabop
qo'llanmalaridan
biri
Munavvarqori
Abdurashidxon o'g'lining “Yer yuzi” geografik risolasidir. Risolada
hozirgi davr uchun eskirib muomaladan chiqib ketgan deb hisoblanadigan
terminlar – bahri muhit, kurai musanna, kurai musattah, xattiistivo,
chaqirim va boshqalar bilan bir qatorda manba, mansab, sayyoh, cho'l,
xarita kabi hozirgi geografik adabiyotda keng ishlatiladigan terminlar ham
bor. Ko'rinib turibdiki, ushbu qo'llanmada keltirilgan terminlarning
aksariyati arabcha terminlardir. Demak, o'sha davrda umuman
terminshunoslikda bo'lgani kabi geografik terminshunoslikda ham arabcha
terminlarning ta'siri kuchli bo'lgan.
Rus tilidan tarjima qilingan N.I. Balashovning darsligida ham
shunday terminlarni uchratamiz.
54
G.Ivanovning “Boshlang'ich jo'g'rofiya” qo'llanmasida ham arz,
asg'ariy, bandar, bekat, bo'y chizig'i, darajai rasatiya, yonar tog', janubiy
mador, zanji, kura, kurai mujassama, mador o'rmonlari, miqyos, taqim
otalar, terma kitob, tul, usuli ta'lim, ufq, xarita, xattiistivo, shimoliy
mador, en chizig'i, yarim kura, yasama daryo, havoiy nasimiy, hind
qamichi kabi ko'pgina geografik so'zlar ishlatilgan.
A.Obizovning “O'zbekiston Sotsialistik Sho'rolari Jumhuriyati
jo'g'rofiyasi” kitobida ariq, bo'y chiziq, viloyat, jumhuriyat, jo'g'rofiya,
ziroatchilik, kimyo, xarita, en chiziq kabi ko'plab terminlar ishlatilganki,
ularning aksariyati 30 - yillarning ikkinchi yarmidan boshlab, rus va
Yevropa tillari orqali kirib kelgan terminlar bilan almashtirildi. Shu bilan
birga mazkur kitobda injener, passajir, prosess, temperatura, ekonomika
kabi terminlar ham uchraydiki, bu narsa o'sha davrdan boshlab rus tili
orqali horijiy tillar terminlarining o'zbek tiliga kirib kela boshlaganligidan
dalolatdir.
A.Abizovning “O'lkani o'rganish dasrligi. Tabiat” kitobida O'rta
Osiyo o'simliklari va hayvonot dunyosi haqida ma'lumotlar berilgan. O'rta
Osiyo o'simliklari quyidagicha guruhlashtirilgan: erta bahor o'simliklari
(gunafsha), chuchmoma, lolaqizg'aldoq, qayrag'och, foydali ildizlar (beda,
tog' saqich), cho'l o'simliklari (saksovul, juzg'un), mevali o'simliklar (sholi,
tariq, mosh), to'qimachilik o'simliklari (paxta, kanof va boshqalar), moyli
ekinlar (kunjut, kanakunjut, xitoy bodomi, ko'knori), begona o'tlar
(g'umay, sariq pechak, qamish, qurmaq), daryo o'simliklari (darmana, totli
tomir), hush hidli o'tlar (sumbul, taran), to'qay o'simliklari (jiyda, tol,
terak), tog' o'simlikalari (yovvoyi olma, nok, o'rik, archa, qayrog'och).
Hayvonot dunyosi baliqlar (fil bo'yin, laqqa), suvda ham quruqlikda
yashovchilar (ko'k qurbaqa), sudralib yuruvchilar (sahro bo'g'ma iloni,
toshbaqa, echkiemar), qushlar, yirik sut emizuvchilar (qulon, tog' echkisi,
arxar, yumronqoziq, o'rmon suvsari, sirtlon, Tyanshan ayig'i, Qorako'l
qo'yi, qo'tos) ga bo'lingan.
Ko'rinib turibdiki, muallif O'rta Osiyo o'simliklari va hayvonot
olamiga oid xalq terminlaridan keng foydalangan.
30 - yillarning o'rtalari va ikkinchi yarmida rus tilidan tarjima
qilingan darsliklar va qo'llanmalarda ham tarjimonlar xalq geografik
terminlaridan foydalanishga harakat qilgan, lekin rus tili orqali ko'p
xorijiy terminlar kirib kela boshlagan edi. 1930 yillarning o'rtalaridan
boshlab o'zbek geografik nomlari buzila boshladi, an'anaviy geografik
termin va nomlarga nisbatan ta'qib va siyosiy zo'ravonlik boshlanadi.
55
1937
-
yilgacha ishlatilgan xalq geografik terminlari turkiy til bilan bir
qatorda, asosan arab va fors - tojik tillari orqali singib ketgan terminlardir.
1935
-
37 yillarda faqatgina terminlarimiz emas, fikr
-
qarashlarimiz,
tilimiz,
an'analarimiz,
milliy
urf
-
odatlarimiz
yevropalashtirildi, hayotning turli jabhalarida yevropalashuv ildiz ota
boshladi. Xalqimizning yillar dovomida saqlab kelayotgan urf - odatlari,
an'analari, qadriyatlari, shu jumladan, terminlari quvg'in ostiga olindi.
“Baynalmilalchilik” niqobi ostida xorijiy (rus tili orqali kirib kelgan)
terminlar xalq terminlari o'rnini egalladi.
30
-
yillarning o'rtalarida terminshunoslikka bag'ishlangan
lug'atlardan biri O.Ibrohimovning “Geografiya atamalari”dir. Bu lug'at
dastlabki urinish bo'lganligidan ayrim kamchiliklardan holi bo'lmagan.
Geografik nomlar bilan birga terminlar ham berlgan, lekin terminlar va
nomlar ancha tartibsiz, tavsiya etilgan terminlarning ko'pchiligi yasama,
termin bilan nomning farqiga yetilmagan.
Asrimiz boshidan 40 - yillargacha bo'lgan davrda yaratilgan yana bir
lug'at M.Bektemirov va S.Saidrasulovlar tomonidan tuzilgan “Qisqacha
ruscha
-
o'zbekcha geografiya terminlari lug'ati”dir. Professor
N.G.Mallitskiy va R.G'afurovlar tahriri ostida nashr etilgan ushbu lug'at
oldingi lug'atdan biroz mukammalroq bo'lsa - da, bu ham kamchiliklardan
holi emas. H.Hasanov ta'biri bilan aytganda “ unda ham xalq terminlariga
e'tibor berilmagan, yasama so'zlar ko'p. Shuningdek,
ustup, utyos,
stremnina, skala, podukt, purga, poyma, lyoss, obolochka, nanos, korabl
kabi so'zlar o'zbekchada ham aynan olina berilgan, holbuki ularning har
birining o'zbekcha ekvivalentlari bor. Lug'atda yana ortiqcha so'zlar ham
(masalan,
gryaz, dikar
kabi), noto'g'ri yozuvlar ham (masalan,
grigorian,
yulian, laza, laguna
kabi) bor. Afsuski, O'rta Osiyo mahalliy geografik
terminlarini juda yaxshi bilgan professor N.G.Mallitskiy ushbu lug'atda
negadir keng quloch yoza olmagan”
1940 yildan so'ng lotin imlosidan, kirill yozuviga o'tildi, shuning
uchun yuqoridagi ikki lug'atning amaliy ahamiyati deyarli qolmadi.
Dostları ilə paylaş: |