51
bo‘linmoqda. Bunga ko‘ra mehmonxonalar turistik hujjatli va davlat ichki
boshqaruv hujjatli mehmonxonalarga bo‘linadi.
Turistik hujjatli mehmonxonalar hujjatlashtirilayotgan xalqaro yulduz berish
va kriteriyalash amalga oshiriladi. Tunash ehtiyojlarining qondirilishi shakliga
ko‘ra tog‘ mehmonxonasi shahar mehmonxonasi, konferensiya mehmonxonalari,
dengiz bo‘yida joylashgan mehmonxonalar kiradi.
Ishlash
davriga ko‘ra mehmonxonalar yil davomida ishlaydigan va
mavsumiy xizmat ko‘rsatuvchi mehmonxonalarga bo‘linadi. Ikkinchisining sababi,
dam olish davrining har mavsumda o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lishi. Masalan,
dengiz bo‘yida joylashgan mehmonxonalarga faqat yoz oylarida turistlar
kelishi mumkin.
Kattaligiga ko‘ra mehmonxona xo‘jaligi dunyo miqyosida 4 guruhga
bo‘linadi:
1) juda kichik mehmonxonalar: xonalar soni 25 tagacha;
2) kichik mehmonxonalar: xonalar soni 25 tadan 99 tagacha;
3) o‘rta mehmonxonalar: xonalar soni 100 tadan 299 tagacha;
4) yirik mehmonxonalar: xonalar soni 300 va undan ortiq.
Dostları ilə paylaş: