197
Ikkinchidan, 1977-yilda qabul qilingan Direktivaga asosan qo‘-
shilgan qiymat solig‘i bir vaqtning o‘zida Yevropaning bir necha
dav latlarida joriy etildi.
Uchinchidan, qo‘shilgan qiymat solig‘i G‘arbiy Yevropadagi
in tegratsion jarayonlarni shakllantirish va rivojlantirishda muhim
rol o‘ynadi.
Bugungi kunda qo‘shilgan qiymat solig‘i Yevropa Ittifoqiga a’zo
bo‘lgan mamlakatlarning davlat budjetlarining daromadlarini shakl-
lantirishdagi o‘rni AQSH, Yaponiya, Kanada va Avstraliya bud jet
daromadlarini shakllantirishdagi ahamiyatiga qaraganda katta.
O‘zbekiston soliq tizimida qo‘shilgan qiymat solig‘i 1992-yilda
amalga joriy qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining daromad man-
bayi sifatida qo‘shilgan qiymat solig‘i hozirga qadar o‘zining aha-
miyatini saqlab kelmoqda. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Pre-
zidentining 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-sonli “O‘zbekiston
Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari
prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” gi qaroriga
ko‘ra 2009-yilda qo‘shilgan qiymat solig‘ining davlat budjeti da-
romadlari tarkibidagi salmog‘i 29 foizni tashkil qilgan.
7–1- jadval
Dostları ilə paylaş: