184
shaxslardan olinuvchi foyda solig‘ining soliq to‘lovchilar zimmasiga
to‘g‘ri keluvchi soliq yukini kamayishiga olib keldi. Foyda solig‘i
stavkasining yildan yilga kamayishi soliq tushumlarining prognoz
ko‘rsatkichlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri salbiy ta’sir qilishi mumkin.
Ammo foyda solig‘i bo‘yicha soliq stavkasining kamayishi soliq
to‘ lovchining moliyaviy xo‘jalik faoliyatini rivojlanishiga ijobiy
ta’ sir ko‘rsatib, uzoq muddatli jarayonda foyda solig‘i tushumlarini
oshishiga olib keladi.
O‘zbekiston Respublikasi norezidentining doimiy muassasa bi-
lan bog‘liq bo‘lmagan va to‘lov manbayida soliq solinadigan daro-
madlariga alohida soliq stavkalari belgilangan. Masalan:
– dividendlar va foizlarga - 10 foiz;
– sug‘urta qilish, birgalikda sug‘urta qilish va qayta sug‘urta
qilish shartnomalari bo‘yicha sug‘urta mukofotlariga - 10 foiz;
– xalqaro aloqa uchun telekommunikatsiyalar, xalqaro tashish-
larga (fraxtdan olinadigan daromadlarga) - 6 foiz.
Dostları ilə paylaş: