soliq tushumiga ta’siri
Xo‘jalik faoliyati moliyaviy natijasining umumiy ko‘rsatkichi
bo‘lgan foyda – iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. Foydani xo‘jalik
faoliyati natijasida olgan tushum bilan sarf qilingan xarajatlar o‘r-
tasidagi farq sifatida tavsi
fl
ash mumkin.
Korxonalar tomonidan olinuvchi foyda miqdorining ko‘payishi
ular ning faoliyati samaradorligini oshishiga olib keladi. Foyda
korxonaning yakuniy natijasini baholovchi asosiy ko‘rsatkichlardan
biri hisoblanadi.
Soliq tizimi o‘ziga qo‘yilgan vazifani yuridik shaxslardan oli-
nadigan foyda solig‘i orqali bajaradi. Bozor iqtisodiyoti sha roi-
tida yuridik shaxslar tomonidan olinadigan daromadni taqsim-
lash korxonalar tomonidan mustaqil bajariladi. Davlat esa
kor xonalarning olgan daromadlarini taqsimlashga to‘g‘ridan to‘g‘ ri
aralashmaydi, balki bilvosita tartibga soluvchi dastaklar yor da mida
daromadni taqsimlash jarayoniga ta’sir qilishi mumkin. Shun day
dastaklardan biri – soliqqa tortish tizimidir. Aynan yuridik shaxs-
lardan olinadigan foyda solig‘i vositasida davlat budjetining daro-
mad qismini shakllantirish va korxonalarning daromadlarini qayta
taqsimlash borasida davlat va yuridik shaxslar o‘rtasida iqti sodiy
munosabatlar yuzaga keladi.
Shu sababli, foyda solig‘i milliy iqtisodiyotda investitsiya ja-
rayonini barqarorlashtiruvchi va kapital o‘suvini ta’minlovchi aso-
siy dastaklardan biridir.
153
Mahsulotni ishlab chiqarish va sotish uchun sar
fl
angan xara-
jatlarni obyektiv aniqlash jarayoni korxonaning moliyaviy natijasiga
to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. Mahsulot tannarxini oshirish
– korxona ixtiyorida qoluvchi foyda miqdorini kamayishiga olib
keladi. Aksincha, tannarx miqdorini kamaytirish nafaqat korxona
ixtiyorida qoluvchi foyda miqdorini, balki budjetga to‘lanuvchi
foyda solig‘i summasini oshishiga olib keladi.
Foyda solig‘iga tortishning samarali tizimida korxonalarga
qator soliq imtiyozlari taqdim qilinadi. Yuridik shaxslardan olina-
digan foyda solig‘i bo‘yicha beriluvchi soliq imtiyozlari ichki bo-
zorda mahsulot ishlab chiqarishni manfaatdor qiladi, korxona va
tashkilotlarning moliyaviy holatini yaxshilashga imkon beradi.
Foyda solig‘i bo‘yicha beriluvchi imtiyozlar, yoki foyda solig‘i
stavkasining qisqartirilishi korxona va tashkilotlar ixtiyorida
qoluvchi foyda miqdorining ko‘payishiga olib keladi. Natijada,
korxonalarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini rivojlanishiga olib
keladi. Bu esa, o‘z navbatida kelajakda nafaqat foyda solig‘i bo‘-
yicha, balki boshqa soliq turlari bo‘yicha ham soliq tushumlari
o‘sishiga olib keladi.
Davlatlar iqtisodiyotining daromaddan, foydadan olinuvchi
soliqqa bog‘liqlik darajasi har xil baholanadi va bu bog‘liqlik
darajasi doimiy o‘zgarishda bo‘ladi. Ammo, oxirgi yillarda, rivoj-
langan davlatlarning soliq tushumlari strukturasida foyda solig‘ining
ulushi sezilarli miqdorda oshmoqda. Ushbu tendensiya O‘zbekiston
Respublikasining budjet daromadlari tarkibida ham kuzatilmoqda.
Bozor iqtisodiyoti tamoyillariga asoslangan iqtisodiyotda foy-
daning ko‘p qirrali ahamiyati yanada ortdi. Hissadorlik jamiyatlari,
xususiy korxonalar va boshqa mulkchilik shakllariga asoslangan
xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘zlariga tegishli foydani qaysi maq-
sadda ishlatish masalasini mustaqil hal qilish huquqiga ega.
Mamlakatimizning bozor iqtisodi tamoyillariga asoslangan iq-
tisodiy tizimga o‘tishi korxonalardan olinadigan foyda solig‘i turini
joriy qilishni taqozo qildi.
154
6–1-jadval
Dostları ilə paylaş: |