140
yuridik shaxsning butun kalendar yilga mo‘ljallangan hisob siyosati
bilan belgilanadi.
Hisobga olishning mutanosib usulidan foydalanishda daromadlar,
xarajatlar va soliq solishning obyektlari faoliyatning muayyan
turlari bo‘yicha realizatsiya qilishdan olingan sof tushumning jami
sof tushum umumiy summasidagi ulushi aniqlanadi. Aniqlangan
ulushga asosan soliq obyekti va soliq majburiyati miqdori aniq-
lanadi.
To‘g‘ridan to‘g‘ri hisobga olish usulidan foydalanishda daro-
mad lar, xarajatlar va soliq solishning boshqa obyektlari faoliyatning
qay si turi amalga oshirilishi bilan bog‘liq bo‘lsa, shu turga kiri tiladi.
Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha soliq majburiyatlarining
miqdori soliq hisobotlarida, shuningdek, soliq hisob-kitoblarida
aks ettiriladi. Soliq hisobotlari yuridik shaxslar tomonidan o‘zlari
soliq inspeksiyalariga taqdim qiladilar. Jismoniy shaxslarning soliq
majburiyatlari esa soliq idorasi xodimlari tomonidan hisoblanib
aniqlanadi. Soliq hisobotlarini tuzish va taqdim qilish muddatlari
ham soliq qonunchiligida belgilangan. Hisoblangan soliq summalari
O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksida belgilangan muddatlarda
budjetga undiriladi.
Belgilangan muddatda to‘lanmagan soliq summalari soliq
idorasi xodimlari tomonidan majburiy tartibda undiriladi..
Dostları ilə paylaş: