12.3. Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy to‘lovlar, ular
haqidagi ma’lumotlarni jamlash va ulardan prognoz
qilishda foydalanish
Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy to‘lovlar tarkibi o‘z
ichiga respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar va yi-
g‘im larni oladi.
Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar yuridik
shaxslar hisoblangan O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari va
oddiy shirkat ishlarini yuritish zimmasiga yuklatilgan (ishonchli
shaxs) sherik (ishtirokchi) - yuridik shaxslar tomonidan o‘zlarining
sof tushumlaridan amalga oshiriladilar.
Shu sababli, soliq to‘lovchining hisobot davrida olgan sof tu-
shumi Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar hisob-
lashning soliq bazasi hisoblanadi. Respublika yo‘l jamg‘armasiga
majburiy ajratmalarni hisoblash uchun zarur bo‘lgan soliq solish
bazasini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari 12–6-jadvalda
keltirilgan.
Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalarning soliq
solish obyekti va soliq solinadigan bazasini aniqlash tartibi bir
mun cha Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajrat-
malarni hisoblash uchun zarur bo‘lgan soliq solish bazasini aniq-
lash tartibiga o‘xshaydi.
Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar soliq soli-
nadigan bazadan va tasdiqlangan stavka asosida har oyda hisoblab
chiqariladi.
378
12–6-jadval
Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalarni hisoblash uchun
zarur bo‘lgan soliq solish bazasini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari
t/r Xo‘jalik tarmog‘i turi
Sof tushumni aniqlashning o‘ziga xos
xususiyatlari
1
Kommunal xo‘jalik
tizimining issiqlik,
suv va gaz ta’minoti
korxonalari uchun
Mahsulotlarning (ishlarning, xizmatlarning)
qo‘shilgan qiymat solig‘i va tegishincha
issiqlik ta’minoti korxonalari uchun issiqlik
quvvatining, suv ta’minoti korxonalari uchun
suvning, gaz ta’minoti korxonalari uchun tabiiy
gazning xarid qiymati chegirib tashlangan holda
realizatsiya qilingan hajmi
2
Qurilish, qurilish-
montaj, ta’mirlash-
qurilish, ishga tushirish-
sozlash, loyiha-qidiruv
va ilmiy-tadqiqot
tashkilotlari
O‘z kuchlari bilan bajarilgan qurilish, qurilish-
montaj, ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-
sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot
ishlarining qo‘shilgan qiymat solig‘i chegirib
tashlangan holdagi qiymati.
3
Vositachilik xizmatlari
ko‘rsatuvchi yuridik
shaxslar
Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun qo‘shilgan
qiymat solig‘i chegirib tashlangan holdagi haq
summasi
4
Savdo faoliyatini
amalga oshiradigan
yuridik shaxslar
Tovar oboroti
5
Kredit tashkilotlari va
sug‘urta tashkilotlari
Daromad
6
Asosiy faoliyati
mol-mulkni lizingga
berishdan iborat bo‘lgan
yuridik shaxslar
Moliyaviy ijara (lizing) bo‘yicha foizli daromad
summasi
Respublika yo‘l jamg‘armasi yig‘imlari bo‘yicha tushum qu yi-
dagi to‘lov turlaridan shakllanadi:
– avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) O‘zbekiston Res-
publikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig‘im;
379
– chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Res-
publikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranzit tarzida
o‘tganligi uchun yig‘im.
Yo‘l jamg‘armasi yig‘imlarining soliq to‘lovchilari bo‘lib. qu-
yidagilar hisoblanadi:
– avtotransport vositalarini oluvchi va O‘zbekiston Respublika-
si hududiga vaqtinchalik olib kirishni amalga oshiruvchi O‘zbekis-
ton Respublikasi rezidentlari va norezidentlari;
– O‘zbekiston Respublikasi hududiga kiruvchi va uning hudu-
di orqali tranzit tarzida o‘tuvchi chet davlatlar avtotransport vosi-
talarining egalari yoki foydalanuvchilari.
Respublika yo‘l jamg‘armasi yig‘imlarini hisoblash soliq bazasi
quyidagicha aniqlanadi:
– olingan va O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik
olib kiriladigan avtotransport vositalari dvigatelining ot kuchidagi
quvvati yoki avtotransport vositalarining qiymati;
– O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganida yoki uning hu-
dudi orqali tranzit tarzida o‘tganida chet davlatlarning avtotransport
vositalari.
Yo‘l jamg‘armasi yig‘imlarini to‘lash bo‘yicha soliq qonun chi-
ligida bir-qancha imtiyozlar belgilangan. Ularga quyidagilar ki-
radi:
– ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan qo‘l bilan boshqarishga
moslashtirilgan yengil avtomobilni va (yoki) motoaravachani oluv-
chi barcha guruhlardagi nogironlar;
– ixtisoslashtirilgan savdo tarmog‘idan O‘zbekiston Respub-
likasida ishlab chiqarilgan yangi avtomobil oluvchi fuqarolar,
shuningdek yaqin qarindoshlaridan hadya shartnomasi yoki meros
asosida avtomobillar va motoaravachalarni oluvchi fuqarolar;
– umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini saqlash, ta’-
mirlash, rekonstruksiya qilish va qurishni amalga oshiruvchi ix-
tisoslashtirilgan yo‘l xo‘jalik boshqaruvi organi tuzilmasiga kiradi-
gan;
380
– faoliyatining asosiy turi yo‘lovchilar tashish bo‘lgan, yo‘lov-
chilar tashish uchun belgilangan namunadagi litsenziyaga ega bo‘l-
gan avtotransport korxonalari;
– yuridik shaxslar – qirq tonnadan ortiq yuk ko‘taradigan, olin-
gan kon avtosamosvallari bo‘yicha;
– homiylik (beg‘araz) yordami sifatida avtomobillarni olgan
(sotib olgan) bolalar uylari, ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar,
nogiron bolalar uchun markazlar, qariyalar va kichik yoshdagi
nogi ronlar uchun internat-uylar, shuningdek budjet hisobidan mo-
liyalashtiriladigan tibbiyot muassasalari;
– yuridik shaxslar – avtotransport vositalarini bitta tizim (davlat
va xo‘jalik boshqaruvi organi) ichida balansdan balansga bepul
o‘tkazishda;
– qayta tashkil etish natijasida avtotransport vositasini olgan
huquqiy voris;
– avtotransport vositalarini yuridik shaxslarga lizingga berish
uchun oluvchi lizing beruvchilar.
Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalarning kelgusi
yildagi kutilayotgan miqdorini prognoz qilish uchun oldingi hisobot
yillarida haqiqatda erishilgan natijalar haqidagi ma’lumotlar
yig‘iladi. Bunday ma’lumotlarning olish manbalari turli xil bo‘lishi
mumkin. Ammo, har qanday holatda, ma’lumotlarning birlamchi
manbai – soliq to‘lovchilarning buxgalteriya hisobi asosida tuzi-
luvchi moliyaviy hisobotlari va majburiy ajratma bo‘yicha soliq
hisob-kitoblari hisoblanadi. 12–7-jadvalda Respublika yo‘l jam-
g‘armasiga majburiy ajratmalar hisob-kitobining asosiy ko‘rsat-
kichlari keltirilgan.
Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar hisob-kitobi
shaklidan prognoz jarayoni uchun zarur bo‘lgan, soliq obyekti, soliq
solish bazasi, soliq stavkalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar tarmoqlar
bo‘yicha yig‘iladi.
381
12–7-jadval
Dostları ilə paylaş: |