11.3.Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy
belgilangan soliq va uni prognoz qilishning
ayrim farqli jihatlari
O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksining 370-moddasida
qat’iy belgilangan soliq to‘lovchilarining tarkibi keltirilgan. Mazkur
moddaga asosan ularga quyidagilar kiradi:
– faoliyatning ayrim turlarini tavsi
fl
ovchi
fi
zik ko‘rsatkichlardan
kelib chiqqan holda soliq solinadigan ayrim faoliyat turlarini amalga
oshiruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
– yakka tartibdagi tadbirkorlar.
Qat’iy belgilangan soliq solinadigan faoliyat turlarining ro‘y xa-
ti, shuningdek faoliyatning mazkur turlarini tavsi
fl
ovchi
fi
zik ko‘r-
satkichlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Qat’iy belgilangan soliq belgilangan faoliyat turini tavsi
fl
ovchi
fi
zik ko‘rsatkich soliq solinadigan obyektdir.
Soliq solinadigan baza
fi
zik ko‘rsatkichlarning sonidan kelib
chiqqan holda belgilanadi.
Qat’iy belgilangan soliq summasi soliq to‘lovchining kalendar
oyida ishlagan kunlari sonidan qat’i nazar soliq solinadigan baza va
belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar qat’iy belgilangan soliq to‘lash
bilan bir qatorda quyidagilarni to‘laydilar:
– bojxona to‘lovlari;
– yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘-
lov lar;
– suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq - suv resurslaridan
tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanilganda;
– aksiz solig‘i - aksiz to‘lanadigan mahsulot ishlab chiqaril ganda;
– budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari;
– davlat boji;
– avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) vaqtinchalik olib
kirganlik uchun Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘im.
358
Yakka tartibdagi tadbirkor o‘z faoliyatini muayyan muddatga
to‘xtatish uchun ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga faoliyatni vaq-
tinchalik to‘xtatish to‘g‘risida ariza va davlat ro‘yxatidan o‘tganlik
to‘g‘risidagi guvohnomani topshiradi.
Yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan-
li gi yoki qayta tiklanganligi to‘g‘risidagi arizani olgan tadbirkor-
lik subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi
or gan kelgusi ish kuni tugaguniga qadar soliq bo‘yicha hisobga
olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga yakka tartibdagi
tad birkorning faoliyati vaqtincha to‘xtatilganligi yoki qayta tiklan-
ganligi to‘g‘risida axborot taqdim etadi. Davlat soliq xizmati or-
ganlari tomonidan olingan axborot yakka tartibdagi tadbirkor o‘z
faoliyatini amalga oshirmaydigan davr uchun qat’iy belgilangan
so liqni hisoblashni to‘xtatib turish uchun asos bo‘ladi.
Qat’iy belgilangan soliq miqdori tadbirkorlik faoliyatining turi
va soliq to‘lovchining faoliyatni amalga oshirish joyiga qarab bel-
gilangan stavkalar bo‘yicha belgilanadi. Hisoblangan soliq miqdori
soliq to‘lovchining kalendar oyida ishlagan kunlari soniga bog‘liq
bo‘lmaydi.
Qat’iy belgilangan soliqni hisoblab chiqarish davlat soliq xizma-
ti organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Qat’iy belgilangan soliq tushumlarini prognozlash jarayonida
oldingi yillarda haqiqatda erishilgan, mazkur soliq tushumiga oid
ma’lumotlarning dinamik qatorlari, o‘rtacha miqdorlari, qatorlar
o‘rtasidagi variatsion o‘zgarishlar, o‘rtacha kvadratik cheklanishlar,
o‘rtacha o‘sish sur’atlari o‘rganiladi. Olib borilgan tadqiqot nati-
jasida kelgusi yil uchun qat’iy belgilangan soliq bo‘yicha kuti la-
yotgan tushum miqdori belgilanadi. Prognoz tadiqiqoti uchun za rur
bo‘lgan ma’lumot manba bo‘lib, soliq to‘lovchilar tomonidan taq-
dim qilinadigan moliyaviy va soliq hisobotlari xizmat qiladi.
11–9-jadvalda yuridik shaxslar uchun qat’iy belgilangan soliq
hisob-kitobining asosiy ko‘rsatkichlari keltirilgan.
359
11–9-jadval
Dostları ilə paylaş: |