ko‘rsatkichlar va omillar
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq tushumlarini
prognoz qilish asosida mazkur soliq turining kelajakdagi rivojlanish
istiqbollari belgilanadi. O‘tgan davrlardagi erishilgan natijalarning
dinamik qatorlari tahlil qilinib, ichki qonuniyatlari aniqlanadi.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun belgilangan soliq tushum-
larining o‘zgarish tendensiyalari hisobga olingan holda prog noz-
lashtirilayotgan davr uchun kutilayotgan soliq tushumi summasi
bashorat qilinadi.
Mazkur soliq tushumlarining prognoz ko‘rsatkichlariga ta’sir
qiluvchi bir qancha omillar mavjud. Shunday omillar qatoriga,
uning soliq bazasi, soliq stavkalari, soliq to‘lovchilari kiradi. Shu
sababli, ushbu omillarning o‘zgarish tendensiyalarini o‘rganish
prognoz ko‘rstakichlarining ilmiylik darajasini yanada oshiradi.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchilar bo‘lib,
O‘zbekiston Respublikasi hududida suvdan foydalanishni yoki suv
iste’molini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar, faoliyatini doimiy
muassasa orqali amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi
norezidentlari, tadbirkorlik faoliyati uchun suvdan foydalanuvchi
yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil
etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklari hisoblanadi.
Yer usti va yer osti manbalaridan olib foydalaniladigan suv re-
surslari soliq solish obyekti deb e’tirof etiladi.
Foydalanilgan suvning hajmi suv resurslaridan foydalanganlik
uchun belgilangan soliqning soliq solinadigan bazasi hisoblanadi.
Suv resurlaridan foydalanganlik uchun belgilangan soliq tu-
shum larini prognoz ko‘rsatkichlarini kamayishiga sabab bo‘luvchi
omillar ham mavjud. Aynan, soliq imtiyozlari miqdorini oshish
eh timoli mazkur soliq tushumining prognoz ko‘rsatkichlarini ka-
mayishiga olib keladi.
325
O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksining 261-moddasida suv
resurslaridan foydalanganlik uchun belgilangan soliqlar bo‘yicha
soliq imtiyozlari bayon qlingan. Ularga quyidagilar kiradi:
– nogironlarning jamoat birlashmalari, “Nuroniy” jamg‘armasi
va “O‘zbekiston chernobilchilari” assotsiatsiyasi mulkida bo‘lgan,
ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar, 1941–
1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil etgan
korxonalar;
– suv uchun budjetga soliq o‘tkazgan yuridik shaxslardan suv
olgan iste’molchilar;
– birlamchi foydalanilgan suv uchun to‘lov amalga oshirilgan
suvdan ikkilamchi foydalanuvchi suv iste’molchilari;
– ixtiyoriy tugatilayotgan yuridik shaxslar - tadbirkorlik sub-
yektlari - yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ
ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qabul qilingan qaror haqida xabardor
qilingan kundan e’tiboran.
Bundan tashqari, ayrim maqsadlar uchun foydalanilgan suv
hajmi soliq bazasidan kamaytirilishi soliq qonunchiligida belgi lan-
gan. Masalan:
– sog‘liqni saqlash muassasalarida davolash maqsadida foydala-
niladigan yer osti mineral suvlari hajmiga;
– dori vositalarini tayyorlash uchun foydalaniladigan suv haj miga;
– atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatishning oldini olish maq-
sadida chiqazib olinadigan yer osti suvlari hajmiga;
– shaxtadan suvlarni qochirish uchun, foydali qazilmalarni qazib
olish vaqtida chiqazib olingan va qatlamdagi bosimni saqlab turish
uchun yer qa’riga qaytarib quyiladigan yerosti suvlari hajmiga;
– gidroelektr stansiyalari gidravlik turbinalarining harakati
uchun foydalaniladigan suv hajmiga;
– qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sho‘rlangan yerlarni yuvish
uchun foydalaniladigan suv hajmiga.
10–11-jadvalda 2013-yil uchun belgilangan soliq stavkasi miq-
dorlari keltirilgan.
326
10–11-jadval
Dostları ilə paylaş: |