7
qadimgi yo`lidan o`tuvchi qismi bilan iqtisodiy aloqalarini o`z
nazoratiga olishni maqsad qilib qo`ygandi.
Ta`kidlash joizki, XVII asrning oxirgi choragiga qadar O`rta
Osiyodan kelgan savdogarlar Rossiya va Xitoy o`rtasidagi savdo-sotiq
aloqalarida asosiy vositachi hisoblanganlar. O`rta Osiyo savdogarlari
Balx, Buxoro, Xiva orqali Rossiyaga hind mahsulotlarini, xususan choy,
qimmatbaho toshlar, marvarid, shirinlik va boshqalarni yetkazib
berardilar. Yana shunisi borki, o`zaro munosabatlar rivojida O`rta Osiyo
savdogarlari Rossiya shaharlarida yoki aksincha rus savdogarlari O`rta
Osiyoning turli shaharlarida savdo ishlari bilan yillar davomida
bo`lishlari muhim ahamiyat kasb etgan.
Shunday qilib, XVI-XVII asrlarni Sharq va Rossiya o`rtasidagi
munosabatlarda ma`lum bir burilish davri deyish mumkin. O`zaro
munosabatlarning bu davrida tatarlarning u yoki bu darajada, xususan
savdo-sotiq, til va din, ruhan o`rta osiyolik xalqlarga yaqinligi muhim
ahamiyat kasb eta boshlagan. Bunday holat Rossiyaga sharqona
munosabat hamda an`analarni asta-sekinlik bilan kirib borishiga zamin
yaratgan. Boshqacharoq ifodalaganda, o`zaro munosabatlar vaqt o`tgan
sari sharqona an`analar bilan boyib borgan. Yuqorida qayd etilgan
omillar, ma`lum darajada O`rta Osiyo va Rossiya o`rtasidagi masofaviy
uzoqlikni ma`lum darajada “yaqinlashtirdi”. Xususan, Ivan Grozniy
tomonidan olib borilgan bosqinchilik urushi natijasida Rossiya to`la-
to`kis Volga bo`ylab o`tadigan savdo oqimini, transportini o`z
nazoratiga oldi. O`z navbatida bunday “shart-sharoit” Rossiyani O`rta
Osiyo bilan savdo-sotiq munosabatlarini o`z nazorati ostida rivojlanishi
va hatto siyosiy aloqalarni o`rnatishiga turtki berdi. Ta`kidlash joizki,
o`zaro munosabatlar rivojidagi bu o`zgarishdan nafaqat Rossiya, balki
O`rta Osiyo xonliklari ham manfaatdor edi.
Rossiya O`rta Osiyo xonliklari bilan munosabatlarni rivojlan-
tirishdan qanday manfaatlarni ko`zda tutgan?
Dostları ilə paylaş: