xizmatlar va boshqalar YIM qiymatiga qo‘shilmaydi. Aks holda,
YIM ham takroriy hisoblardan holi bo‘lmas edi.
YIM bu ichki mahsulot. Chunki u mazkur mamlakat
hududida joylashgan barcha rezidentlar (qaysi
millat va qaysi
davlat fuqarosiga mansub ekanligidan qat’i nazar) tomonidan
ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlar qiymatini ifodalaydi.
YIM natura va pulda hisoblanadi. Naturada ayrim mahsu-
lotlaming hajmi, miqdori va soni aniqlanadi. Masalan, ko‘mir,
paxta, don, sement
kabilarning miqdori tonnada, taxta, gaz esa
kubometrda aniqlanadi.
Mahsulotlar xilma-xil boMganligidan ulami yagona moddiy
naturada aniqlab bo‘lmaydi. Masalan, o'qitish
yoki davolash
xizmatini tonna, m, m3 orqali o'lchab bo‘lmaydi. Shu sababli
ularning ko‘lami (hajmi, miqdori, soni) necha pullik xizmat
ko‘rsatilganiga qarab aniqlanadi.
Yalpi ichki mahsulot hajmi yaratilgan mahsulotlar (
M)
va
xizmatlar
miqdorini
(X)
ularning bozor narxiga
(P)
ko‘payt-
masidan iborat:
YIM =
X M P + IX P .
Mazkur mavzuni yakunlar ekanmiz quyidagi xulosalarni
chiqarishimiz mumkin:
1. YIM tarkibida xizmat ko‘rsatish
sohalarining ahamiyati
orta boradi. Oxirgi 40—50 yil ichida jahon miqyosida fan-texnika
taraqqiyoti rivojlanishi moddiy ne’matlar ishlab chiqaradigan
sohani tubdan o’zgartirib yubormoqda. Moddiy ne’matlar ishlab
chiqaradigan sohaning chegarasi kengayib, ortib bormoqda. FTT
yangi texnologiyalarni yaratadigan bevosita ishlab chiqarish
kuchiga aylanib bormoqda.
2. 80-yillar oxiridan boshlab
AQSH va boshqa rivojlangan
davlatlarda axborot ishlab chiqarish keng rivoj topmoqda. U
kishilaming mehnat faoliyatini uchinchi kuchli sohasiga aylanib
qoldi. AQSH milliy iqtisodiyotida yangi tarmoqning ulushi
YMM hajmida shu davr ichida 50 % dan oshgan.
3. 0 ‘zbekiston iqtisodiyotida ham xizmat ko‘rsatadigan soha-
larning ulushi ortib borayatganligi kuzatilmoqda.
29