Gamma-ekzotoksin ,
kam
o`rganilgan
komponent,
hali
identifikasiyalanmagan ferment (yoki fermentlar guruhi). Uning toksikligi
ishonchlilik darajasida isbotlanmagan;
4.
Sigma-enzotoksin , yoki parasporal endotoksin. Bakteriyani sporalanish
jarayonida spora shakllanadigan qismiga qarama-qarshi bo`lgan qismida hosil
bo`ladi. Spora hosil bo`lish jarayonini nihoyasida bu toksin to`g`ri sakkiz qirrali
kristall shakliga o`tadi. Kristallarning sintezi stasionar fazada 3 soatda amalga
oshadi. Kristallar organik erituvchilarda erimaydi, lekin sporalardan ajratilgandan
keyin pH ning kuchli ishqoriy muhiti (11,5 dan yuqori) va ishqoriy buferlar (pH 7,9-
9,5) da qaytaruvchilar ishtirokida yaxshi eriydi. Kristallar 100
0
C gacha qizdirganda
30-40 minutdan keyin parchalanib ketadi va o`zining toksik ta`sirini yo`qotadi.
Kristallarning kimyoviy tarkibida an`anaviy elementlar va aminokislotalar tarkibiga
kiruvchi: karbon, azot, vodorod, kislorod, oltingugurtdan tashqari yana 19 xil element
bo`ladi. Binobarin, ancha miqdorda kalsiy, magniy, kremniy, temir, kamroq
miqdorda - nikel, titan, rux, alyuminiy, xrom, mis, marganets uchraydi; fosfor deyarli
bo`lmaydi. Kristallar oqsildan tashkil topgani va har xil shtammlardan olingan
preparatlarning aminokislota tarkibi bo`yicha o`zaro o`xshashligi isbotlangan.
Kristalning tuzilmaviy butunligi aftidan oqsilning kremniy bilan bog`langanligi bilan
bog`liq. Kristall oqsilning kimyoviy tabiati jihatidan spora po`sti oqsiliga o`xshash.
Spora po`stida oshiqcha miqdorda oqsil hosil bo`lishi natijasida shu xildagi kristall
hosil bo`ladi degan taxmin bor. Bu kristall oqsilning hashoratga qanday mexanizm
orqali ta`sir etishi aniqlangan. Kristall hashoratning ichagida protoksin molekulasiga
ajraladi,undagi
proteinazalar
ta`sirida
toksik
fragmentlarga
parchalanadi.
Tadqiqotchilarning fikriga ko`ra, protoksin molekulyar og`irligi 230000 Da li oqsil
bo`lib, undan tangachaqanotlilarning ichagida toksik komponentning ajralib chiqishi
uchun kerakli bo`lgan yuqori ko`rsatkichli pH sharoiti mavjudligi sababli bu toksik
komponent ajralib chiqadi.
Hashorat o`lishi uchun kristallar uning organizmiga kirishi kerak. Kristallar
qurt tomonidan yutilgandan keyin u oziqlanmay qo`yadi. Ko`p xollarda sigma-
toksinning birlamchi ta`sir ko`rsatadigan ichak qismi uning o`rta qismi hisoblanadi.
Kristallarga nisbatan reaksiyasiga qarab hashoratlarni uch guruhga bo`lish mumkin:
- umumiy paralich (falaj);
- ichakning o`rta bo`limini paralichi (falaji);
- kristallarga nisbatan moyillikka ega emas, lekin yaxlit preparatga nisbatan
sezgirlikni namoyon qiladi.
Ko`p hashoratlar uchinchi guruhga kirib: endotoksin ta`sirida o`lmasdan, balki
sporalarning o`sishi va bakteriyalarning keyingi bosqichda jadal ko`payishi natijasida
nobud bo`ladilar. Hozirgi kungacha sigma-endotoksinlarning 12 ta serotipi va 15 ta
varianti borligi aniqlangan. Ulardan endomopatogen bakterial preparatlar ishlab
chiqarishda amaliy ahamiyatga ega bo`lganlari to`rtta variantdan iborat. Ular orasida:
tiringienzis yoki
berliner I serotipga mansub bo`lsa,
alesti - III ga,
dendrolimus -IV ga
va
galleriya - V ga mansubdir.
- 65 -
Ma`lumki,
Bac. thuringiensis 130 turga mansub bo`lgan hashoratlarga nisbatan
antogonistik ta`sirga ega, ular orasida dala, poliz, meva ekinlari, tok va o`rmon
zararkunandalari uchraydi. Bu guruh preparatlarni barg bilan oziqlanuvchi
hashoratlarga qarshi qo`llanilganda yaxshi samaraga erishiladi.