60
33-Laboratoriya mashg’ulot. Gormonlarning xossalarini aniqlash. Insulinni qondagi qand miqdoriga ta`siri. Ishning maqsadi : Insulin ortiqchaligining sichqonlarga ta`sirini o`rganish.
Ishni bajarish uchun kerakli narsalar. Laboratoriya sichqoni, insulin, 10 %
glyukoza, bankalar, shprislar.
Ishning borishi: Tajriba 24 soat och qolgan 2 ta sichqonda o`tkaziladi. Har bir
sichqonning terisi ostiga 1 TBda insulin yuborilib, alohida bankalarga
joylashtiriladi. Sichqonlardan birining qorin bo`shlio`iga bir vaqtda 10 foiz glyukoza
eritmasidan ham 1ml yuboriladi. Hayvonlarning holati va xatti-harakati kuzatiladi.
Oradan 40-60 min o`tach, glyukozasiz insulin olgan sichqonda gipoglikemik
karaxtlikning belgilari tartibsiz tortishishlar paydo bo`ladi. Sichqon saqlanayotgan
muhitning harorati qancha yuqori bo`lsa, insulinning ta`siri shuncha tezroq yuzaga
chiqadi. Tortishish xuruji 20s va undan ko`proq davom etadi va oqibatda hayvonni
o`limga olib kelishi mumkin. Shunda hayvonning qorin bo`shlig`iga 10 %li
glyukoza eritmasidag 1 ml yuborilishi unda bir necha minutdan so`ng normal
holatning tiklanishiga olib keladi. Insulindan keyinroq glyukoza yuborilgan
sichqonda gipoglikemik holatdagi tortishish va boshqa alomatlar kuzatilmaydi.
26-rasm; Insulinning ta`sir mexanizmi.
61
Topshiriqlar. Tajriba natijalarini yozing va xulosalang
.