103
gilli gruntlar bo‘lgan har xil gruntlar, agar skreper,
buldozer yoki boshqa yer
mashinalarini ishlatish noqulay bo‘lsa, qazishda qo‘llanadi.
Gusenitsali ekskavatorlar bir yerga yig’ilgan, tez-tez joyini o‘zgartirish
talab qilinmaydigan, bo‘sh asos bo‘lganda, pnevmoshinali ekskavator tez ishdan
chiqadigan tog‘ jinslarini kavlash ishlarida qo‘llanadi, Pnevmog‘ildirakli
ekskavatorlar bir yerga yig‘ilmagan ishlarda yuk ko‘tarish qobiliyati kerakli
darajada bo‘lganda, maqsadga muvofiq.
Ishning asosiy hajmi to‘g‘ri kurak bilan jihozlangan ekskavatorlarda olib
boriladi; draglayn va teskari kurakli ekskavatorlar kam ishlatiladi. Draglayn,
agar ekskavatorning o‘zi turgan joyi sathidan
pastdagi grunt kavlansa, grunt
suvlari ta'siri yoki boshqa sababdan ish olib borish qiyin bo‘lsa, ko‘tarmani yon
rezervdan olib qurish kerak bo‘lsa, o‘ymani o‘yishda grunt ag’dargichga
tashlansa, qo‘llanadi. Teskari kurakli ekskavatorlar, asosan, transheyalar va
poydevor osti kotlovanlarini qazishda qo‘llanadi.
Quvvati
(ish
unumdorligi)
bo‘yicha
ekskavatorlar
ob'ektdagi
ishning hajmiga qarab tanlanadi. Odatda, ekskavatorlar
transport vositalari
avtomobil-samosval yoki tashigichlar bilan birga ishlatiladi. Ayrim hollarda
grunt 200-300 m uzunlikdagi tasmali zvenoli transporterlar bilan tashiladi. Ular,
ko‘pincha, uncha katta bo‘lmagan masofalarga (1-3 km) grunt tashishda
qo‘llanadi. Transport vositasini tanlash ekskavatorning
ish unumdorligiga
(cho’mich sig‘imi) va gruntni tashish masofasiga bog‘liq bo‘ladi.
Bitta cho’michli ekskavatorning ish unumdorligi:
Ю
s
В
Т
К
t
К
ТVК
П
3600
, (6.3)
bu yerda:
T
– ish smenasining davomiyligi, soat (besh kunlik ish haftasida 8,2 soat
olinadi);
V
– ekskavator cho’michining sig‘imi, m
3
;
K
T
– cho’michni to‘ldirish
koeffitsienti;
K
V
– vaqtdan foydalanish koeffitsienti;
K
Yu
–
gruntni yumshatish
koeffitsienti;
t
S
– ekskavatorning ish siklining davomiyligi, s;