Tugatilgan (hisobdan chiqarilgan) asosiy vositaning «Aso-siy vositalar inventar ro’yxati» (AV-7 shakl) (yoki dafta-ri)da aks ettirilgan qiymati va «Asosiy vositalarni hisob-dan chiqarish dalolatnomalari» (AV-3, AV-4 shakllar) da aks ettirilgan qiymati tengligini tekshirish. 8. «Asosiy vositalarni hisobdan chiqarish dalolatnomalari» (AV-3, AV-4 va b. ) to’g’ri rasmiylashtirilishini tekshirish. 9. Tekshiruv uchun tanlangan asosiy vositalar guruhi (turkumi) bo’yicha summalarning «asosiy vositalar inventar ro’yxati» (AV-7 shakl) (yoki daftari)dan 0110-0190 schetlar bo’yicha obo-rot vedomostiga o’tkazilishining to’g’riligini tekshirish. 10. 0110-0199 schetlar bo’yicha hisobot davri oxiriga chiqarilgan qoldiqlar to’g’riligini tekshirish. 0110-0199 schetlar bo’yicha tegishli hisobot davri oxiriga chiqarilgan qoldiqlarning, oborot vedomostlardagi aynan shu hisobot davri oxiriga chi-qarilgan qoldiqlarga mosligini tekshirish. 11. №13-ASK Jurnal-order «hammasi» degan satridagi 0110-0199 schetlarning kredit oborotlarini tegishli hisobot dav-ri uchun oborot vedomostlaridagi aynan shu schetlar bo’yicha kredit oborotlari bilan solishtirish. 12. №13-ASK Jurnal-orderining «hammasi» degan satridagi summa va 0110-0199 schetlarning krediti bo’yicha yozuvlar yozi-ladigan tomonidagi 1-27 satrlar summalar tengligini tek-shirish. №13 – ASK jurnal-orderning 0210-0299 schetlar krediti bo’yicha yozuvlar yoziladigan qismidagi «hammasi» de-gan satr summasi va 1-6 satrlar summalari tengligini tekshirish. 13.