O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Yüklə 6,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə606/627
tarix26.09.2023
ölçüsü6,59 Mb.
#149057
1   ...   602   603   604   605   606   607   608   609   ...   627
Audit Sherimbetov 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

-ma’lumotlarni kompyuter tizimiga qo’l bilan kiritilishida yo’l qo’yiladigan 
kamchiliklarni bartaraf etadi. 
17. Nazorat faoliyatini amalga oshirilishini hujjat bilan tasdiqlanishi.
Muhim nazorat 
faoliyatini amalga oshiruvchi har bir mas’ul shaxs, nazoratni amalga oshirilayotganligini 
tasdiqlash maqsadida muntazam ravishda yozma shaklda imzo bilan tasdiqlagan holatda 
hisobot berib borishi lozim. Bu kabi hisobot belgilangan koordinatsion markazga taqdim 
etilishi lozim. Hisobotni tekshirgan shaxs tomonidan ushbu hisobot tekshirilganligini 
tasdiqlash maqsadida imzo qo’yishi lozim. Bu qoida amalga oshirilishi ichki nazoratning har 
bir pog’onasini nazoratini tekshirib borish imkonini beradi. 
18. Ichki nazoratchilarning majburiyatlarini doimiy ravishda qayta taqsimlash 
(rezervlarning, ichki auditorlarning hamda buxgalterlarning) 
nazoratning foydaliligini oshirish 
hamda o’z vazifalarini suiste’mol qilinishini oldini olish maqsadida xodimlar o’rtasida 
majburiyatlarni qayta taqsimlab borilishi lozim. 
Buxgalterning majburiyatlarini doimiy ravishda qayta taqsimlanishi quyidagilarga 
yordam beradi: 
-buxgalter tomonidan har bir faoliyatning o’zaro nazorati tufayli kamchiliklarning 
yuzaga kelishi ehtimoli kamayadi; 
-bitta uchaskada ishlash orqali bir xil ishdan toliqishni oldini oladi va buxgalter ishining 
samarasini oshiradi; 
-buxgalteriya xodimlarining uddaburonligini oshiradi. 
19. Har tomonlama nazorat.
Korxonaning boshqaruvi va uning rivoji uchun har bir 
tarmoqni har tomonlama nazorati muhimdir. Tekshiruv tadbirini rejalashtirishda, iqtisodiy, 
yuridik, ilmiy-texnikaviy hamda ijtimoiy bo’limlarini har tomonlama o’rganish lozim. 

Yüklə 6,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   602   603   604   605   606   607   608   609   ...   627




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin