Debitor qarzlarning ahvoli va ularni hisobdan o’chirishni tekshirish amallari shubhali
qarzlar bo’yicha rezerv yaratish va undan foydalanishni tekshirish amallari bilan kesishadi.
Shubhali qarzlar bo’yicha rezervlardan foydalanishning asosliligini tekshirish debitor
qarzlarni hisobdan o’chirish chog’ida ko’rib chiqiladi.
Mahsulot va materiallarni sotishga jo’natish me’yoriga qarab barcha nakladnoy
ma’lumotlari tayyor mahsulotlarni sotishga doir hujjatlar reestri (63 - ASK shakl)ga yozib
boriladi. Reestrlar ichki xo’jalik bo’linmalari (shirkatlar, brigadalar va boshqalar)dan
xo’jalik buxgalteriyasiga topshirilib, ularning ma’lumotlari asosida «Qishloq xo’jalik
mahsulot, material, ish va xizmatlari realizatsiyasini hisobga olish vedomosti (62 - ASK shakl)
tuziladi. Reestrlarda xaridor va buyurtmachilar bilan hisob - kitoblar har qaysi to’lov hujjati
bo’yicha alohida-alohida hisobga olib boriladi. Hisobot oyi ichida to’lanmagan summalar,
undan keyingi oyda xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish uchun
xizmat qiladigan, yangi saldo (qoldiq) reestriga har qaysi to’lov hujjatidan o’tkaziladi.
Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob - kitoblarni tekshirishni boshlashdan oldin saldo
(qoldiq) reestrlarida ko’rsatilgan qoldiqlarning Bosh daftardagi 4010 - «Xaridorlar va
buyurtmachilardan olinadigan schyotlar», 4020- «Olingan veksellar», 6310- «Xaridorlar va
buyurtmachilardan olingan bo’naklar» schyotlari bo’yicha qoldiqlarga teng kelishini
aniqlash zarur. Shuningdek, reestrlarning o’z vaqtida to’lg’azilishi, buxgalteriyaga
topshirilishi va xo’jalikning kassasiga yoki hisob-kitob schyotiga tushgan to’lovlar haqida
belgilar (yozuvlar) mavjudligi tekshiriladi. Mahsulot, material, ish va xizmatlar realizatsiyasi
Dostları ilə paylaş: |