O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus


yoki vositachi tashkilot to’lovga taqdim qiladigan schyot, tovar-moddiy zahiralar kirim



Yüklə 6,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə450/627
tarix26.09.2023
ölçüsü6,59 Mb.
#149057
1   ...   446   447   448   449   450   451   452   453   ...   627
Audit Sherimbetov 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

yoki vositachi tashkilot to’lovga taqdim qiladigan schyot, tovar-moddiy zahiralar kirim 
qilinganidan so’ng kechikib olingan holatlarga e’tibor qaratilishi kerak. Bunday holda 
transport sarflari materiallarni kirim qilishda ularning haqiqiy tannarxiga qo’shilishi 
mumkin emas.
Korxonaning omborxona-tayyorlov apparatini saqlash uchun qilingan sarflari, uning 
hisob siyosatida ko’rsatilgan qoidalarga muvofiq tayyorlangan materiallar tannarxiga 
qo’shilishi mumkin. Bunday sarflar, odatda, hisobot oyining oxirida taqsimlanadi.
Amaldagi qoidalarga muvofiq moddiy boyliklar hisob va hisobotda haqiqiy tannarxi 
bo’yicha aks ettirilishi lozim. Haqiqiy tannarx ularni sotib olish uchun qilingan sarflar 
(transport - tayyorlov xarajatlari), ushbu resurslarni etkazib beruvchi tomonidan taqdim 
qilingan qarz hisobiga sotib olganlik uchun to’lanadigan foizlarni ham qo’shgan holda 
aniqlanadi. Shuningdek, tashqi iqtisodiy va boshqa tashkilotlarga to’langan xizmat haqlari, 
ustama haqlari, bojxona to’lovlari, chet tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan saqlash, 
yuklash-tushirish va tashish xarajatlari (QQS siz) ham haqiqiy tannarxga qo’shiladi.


Agar ishlab chiqarish zahiralari hisob baholari bo’yicha hisobga olinsa, ushbu baholar va 
sotib olingan materiallarning haqiqiy tannarxi o’rtasidagi farqlarni tovar-moddiy 
zahiralarning turlari o’rtasida taqsimlash ishlari audit ob’ekti bo’lib hisoblanadi.
Korxona faoliyatining moliyaviy ko’rsatkichlari ishlab chiqarish zahiralarini baholash 
usullaridan qaysinisi tanlanganiga ham bog’liq. Tovar-moddiy zahiralar yil davomida har xil 
baholarda sotib olinganligi sababli, ularning to’g’ri baholanganligini aniqlash asosiy 
muammolardan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarish zahiralarining yakuniy qiymatini maxsus 

Yüklə 6,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   446   447   448   449   450   451   452   453   ...   627




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin