yozuvlarga mos keladi: * dastlabki hujjatlarda, buxgalteriya hisobi registrlarida, ma’lumotlarni buxgalteriya hisobotlariga o’tkazishda ko’rsatkichlarning arifmetik aniqligiga rioya qilingan; * chet el valyutasida ifodalangan qimmatli qog’ozlarning so’mdagi qiymatini aniqlashda O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan belgilangan va muomala sodir bo’lgan kunda amalda bo’lgan chet el valyutasi kursidan foydalanilgan; buxgalteriya hisobotida haqiqiy ma’lumotlar asosida aniqlangan moliyaviy natijalar aks ettirilganligi; * hisob davrining cheklanganligi -
moliyaviy qo’yilmalarni hisobga qabul qilish va hisobdan chiqarishga doir barcha muomalalar tegishli hisob davrida hisobga olingan; * taqdim qilish va bayon qilish -
barcha moliyaviy qo’yilmalar to’g’ri turkumlangan va buxgalteriya hisobotida mohiyati ochib berilgan: * moliyaviy qo’yilmalar turlari va qaytarish muddatlariga ko’ra turkumlangan; * moliyaviy qo’yilmalarni sotish va qaytarish bilan bog’liq daromadlar va xarajatlar moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda to’g’ri turkumlangan; * moliyaviy qo’yilmalar to’g’risidagi axborotlar buxgalteriya hisobotlariga beriladigan tushuntirishlarda ochib berilgan; Tekshiriladigan masalalar bo’yicha etarli dalillarga ega bo’lish ko’rsatilgan faktlarni mustaqil baholash, yo’l qo’yilgan xato - kamchiliklarni hamda amaldagi me’yoriy hujjatlar va buxgalteriya hisobi qoidalaridan chetga chiqishlarni aniqlashga imkon beradi. Moliyaviy qo’yilmalarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish chog’ida hal etiladigan vazifalar.