Ekspert xulosasining tekshirish qismida izlanish jarayoni va uning natijalari bayon qilinadi, hamda aniqlangan faktlarga tushuntirish beriladi. Ekspert tomonidan hal etilgan har bir masalaga izlanish qismining ma’lum bo’limi mos kelishi lozim. O’zaro chambarchas bog’liq bo’lgan ikki va undan ortiq masalalarni bir vaqtning o’zida o’rganish zarur bo’lganida, olingan natijalar bitta bo’limda bayon qilinadi. Tekshirish qismida quyidagilar bayon qilinadi:
tekshirish usullari maxsus bilimga ega bo’lmagan shaxslar uchun tushunarli bayon etilgan va zarur bo’lganda ekspert xulosalarining to’g’riligini mazkur izlanishlarni takrorlab tekshirish mumkin bo’lgan darjada batafsil bo’li-shi zarur;
taxminlarni o’rganish chog’ida qabul qilingan tushuntirish va asoslashlar;
qo’yilgan masalalarni had etishda ekspert tomonidan qo’llanilagan me’yoriy hujjatlar, ularni nashr qilgan organ va sanasi ko’rsatilgan holda;
hal qiluvchi masalaga doir xulosani asoslaydigan, tekshirish natijalarining fikr muloxazalar batafsil bayon qilingan ekspert bahosi. Maxsus atamalarga izoh berilishi lozim. Agar qo’yilgan masalalarning ayrimlariga javob berish imkoni bo’lmasa, xulosaning izlanish qismida ekspert buning sababini ko’rsatadi. Ekspert xulosasining xotima qismida kirish qismida keltirilgan masalalarning javobi tarzidagi xulosalar keltiriladi. Qo’yilgan masalalarning har bittasiga aniq javob berilgan bo’lishi yoki tekshirish jarayonida u yoki bu sabablarga ko’ra uni hal etish imkoni bo’lmaganligi ko’rsatilishi lozim. Ekspert oldiga masala qilib qo’yilmagan, ammo tekshirish chog’ida aniqlangan xolatlar to’g’risidagi xulosalar ekspert xulosasining so’ngida bayon qilinadi. Agar ekspert xulosasining xotima qismi uning tekshirish qismida bayon etilgan tadqiqot