O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus


faktlarini aniqlash, hamda bunday xatolar va chalkashliklar-ning sabablarini aniqlash



Yüklə 6,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə308/627
tarix26.09.2023
ölçüsü6,59 Mb.
#149057
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   627
Audit Sherimbetov 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

faktlarini aniqlash, hamda bunday xatolar va chalkashliklar-ning sabablarini aniqlash 
maqsadida tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi subektning muhim moliyaviy va iqtisodiy 
ko’rsatkichlarini o’rganish tushuniladi.
Tahliliy amallar moliyaviy tahlilning taqqoslash, nisbatlar va koeffitsientlarni 
baholash kabi elementlari va usullaridan foydalanishni nazarda tutadi.
Tahliliy amallarning eng ko’p tarqalgani taqqoslash bo’lib hisoblanadi. Bunda 
quyidagilar taqqoslanadi: turli davrlar uchun schetlardagi qoldiqlar; moliyaviy hisobot 
ko’rsatkichlari biznes-reja ko’rsatkichlari bilan; hisobotning har xil moddalar bilan oldingi 
davrlar ma’lumotlari o’rtasidagi nisbat; xo’jalik yurituvchi subekt moliyaviy ko’rsatkichlari 
iqtisodiyotning tegishli tarmogidagi o’rtacha ko’rsatkichlar bilan; moliyaviy axborotlar 
nomoliyaviy axborotlar (xo’jalik yurituvchi subektning faoliyati to’g’risidagi uning 
buxgalteriya hisobi tizimida bevosita aks ettirilmaydigan ma’lumotlar) bilan.
Tahliliy amallar hisob va hisobot ma’lumotlarini ko’rsatkichlar orasidagi o’zaro 
bog’liqliklarni o’rganish, hisobot ma’lumotlarini va ularning o’zgarish tendentsiyalarini 
taqqoslash, hisobot moddalari va ko’rsatkichlarining keskin farq qilish sabablarini 
o’rganishni nazarda tutadi.
Masalan, asosiy vositalar qiymatining ko’payishi odatda amortizatsiya summalarining 
ko’payishiga ham olib keladi. Nomuvofiqlik aniqlanganda auditor tegishli dalillarni topishi 
lozim. Aytaylik, asosiy vositalar kirimini tekshirib mijoz-tashkilot mazkur aktivlarni 
byudjetdan moliyalashtirish hisobiga sovg’a shartnomasi bo’yicha olganligini aniqladi. 
Bunday obektlar bo’yicha esa amortizatsiya hisoblanmaydi. Shunday qilib aniqlangan 
nomuvofiqlikka auditor tomonidan qoniqarli isbot topilgan.

Yüklə 6,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   627




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin