O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus


jarayonlarining bajarilishi va xo’jalik faoliyati ustidan auditorning bevosita kuzatishi



Yüklə 6,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə296/627
tarix26.09.2023
ölçüsü6,59 Mb.
#149057
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   627
Audit Sherimbetov 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

jarayonlarining bajarilishi va xo’jalik faoliyati ustidan auditorning bevosita kuzatishi 
chog’ida olinishi mumkin.
Auditorlik dalillar bevosita olinadigan manbalarga quyidagilar kiradi: mijoz korxona 
va uchinchi shaxslarning dastlabki hujjatlari; mijoz korxona buxgalteriya hisobi registrlari 
va uning moliya xo’jalik faoliyatining tahlil natijalari; mijoz korxona xodimlari va uchinchi 
shaxslarning og’zaki bildirishlari; mijoz korxonaning bir hujjatlarini boshqalari bilan 
solishtirish, hamda uning hujjatlarini uchinchi shaxslarning hujjatlari bilan taqqoslash; 
mijoz korxona aktivlari va passivlarini inventarizatsiya qilish natijalari hamda uning 
moliyaviy hisobotlari.
Olingan dalillarning sifati ularning manbalariga bog’liq. Auditorning bevosita 
kuzatishi va moliya xo’jalik muomalalarini o’rganishi natijasida olingan dalillar eng ishonchli 
hisoblanadi. Shuningdek, mustaqil manbalardan olingan, hujjatlarga asoslangan ma’lumotlar 
ham ishonchli hisoblanadi. Mijoz korxonaning axborotlarga ishlov berish tizimidan 
to’planganiga qaramasdan, to’plangan ma’lumotlarga asosan auditor tomonidan olingan va 
ishlov berilgan ma’lumotlarning dalil kuchi kamroq hisoblanadi. Mijoz korxonaning axborot 
tizimida tuzilgan, ishlov berilgan va saqlanayotgan hujjatlardagi axborotlarning dalil kuchi 
past hisoblanadi. Bunda ichki nazorat tizimining baholanishini inobatga olish zarur. Agar 
ushbu tizim samarali bo’lsa, undan olingan axborotdan dalil sifatida foydalanish mumkin.
Har xil manbalardan olingan va turli shakldagi auditorlik dalillar auditorlik riskini 
pasaytiradi.
Ko’p hollarda bitta holat bo’yicha har xil manbalardan to’plangan dalillar bir-
birlariga zid bo’lib chiqadi. Bu holda auditor vujudga kelgan ziddiyatni hal etish va 

Yüklə 6,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   627




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin