O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Yüklə 6,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə206/627
tarix26.09.2023
ölçüsü6,59 Mb.
#149057
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   627
Audit Sherimbetov 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Auditor etikasi (axloqi). Yuzaki qaraganda unchalik tanish va odatiy bo’lmagan so’z 


birikmasi. Masalan, pedagog yoki vrach etikasi, odatda, hammaga tanish va hech kimni 
hayratlantirmaydi. Bular kasb etikasining turlari bo’lib, kishilarning kasbiy faoliyatlaridan 
kelib chiqadi va ular o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning ma’naviy-ahloqiy jihatlarini 
tavsiflaydi. Barcha axloqiy talablar umuminsoniy negizga ega bo’lishiga qaramasdan, ayrim 
kasb turlari uchun ularning o’ziga xos ahloqiy me’yorlari shakllangan. Bunday kasb egalari 
sohani ham nazariy, ham uslubiy, ham amaliy jihatdan yuksak professional darajada 
bilishlari bilan birga, shakllangan, me’yoriy-huquqiy asosga ega ahloqiy jihatlari bilan ham 
boshqalardan ajralib turadi. Auditorlik ham mana shunday murakkab kasblar qatoriga 
kiradi.
Shu boisdan, mamlakatimizda «O’zbekiston auditorlarining kasbga oid ahloq kodeksi » 
ishlab chiqilib, O’zbekiston buxgalterlar va auditorlarining milliy assotsiatsiyasi (O’BAMA 
tomonidan-26.08.2005y.) va O’zbekiston Auditorlar Palatasi (O’AP tomonidan- 25.06.2005y.) 
amaliyotga tadbiq etildi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, vrach etikasi, Gippokrat qasamyodi bizga qadimdan tanish 
tushunchalar. Auditor bajaradigan ishlarni esa vrach vazifalari bilan qiyoslash mumkin. 
Farqi shundaki, vrach bajaradigan xayrli ish inson organizmi bilan bog’liq bo’lsa, auditor 
faoliyati «korxona organizmi» ustida, unga aniq «tashhis» qo’yib, moliyaviy sog’lomlashtirish 
ustida olib boriladi.
Lekin, ayrim hollarda auditordan «vaziyatni tushunish», «yuz-xotir qilish», «ko’zni chirt 
yumish» kabilar talab qilinadi. Bunday hollarda qanday yo’l tutish kerakligi «O’zbekiston 
auditorlarining kasb etikasi kodeksi» loyihasida bayon etilgan.

Yüklə 6,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   627




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin