O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Yüklə 6,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə150/627
tarix26.09.2023
ölçüsü6,59 Mb.
#149057
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   627
Audit Sherimbetov 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Auditorlar haqida ularni aktsiyadorlar oldidagi mas’ul shaxslar deb qarash 1929 yilda 
«Kompaniyalar to’g’risidagi qonun» chiqarilishi bilan o’zgardi. Ushbu qonunga muvofiq 
barcha kompaniyalar o’zlarining moliyaviy hisobotlarida foyda va zararlarni majburiy 
ravishda ko’rsatishlari belgilab qo’yildi. 
Tarixiy manbalardan ma’lumki, markazlashgan davlatchilikning barpo bo’lishi hamda 
rivojlanishi natijasida mamlakatni boshqarish uchun hisob, nazorat va moliya ishlariga 
zaruriyat kuchaygan. Ularning ildizlari insoniyatning uzoq tarixiga borib taqaladi. Masalan, 
auditorlik professor P. I. Kamishanov ma’lumotlariga ko’ra taxminan eramizdan oldingi 200 
yillarda kasb sifatida shakllana boshlagan. Bu paytlarda kvestorlar ya’ni Rim Imperiyasi 
davrida moliya va sudlov ishlarini olib boruvchi mansabdor shaxslar joylardagi hukumat 
buxgalterlari ustidan nazorat qilib turganlar. Kvestorlarning hisobotlari Rimga yuborilib, 
imtihon qiluvchilar tomonidan eshitilgan. «Auditor» lotinchadan «eshituvchi» degan 
tushuncha ham shundan kelib chiqqan.
Demak, «Audit» tushunchasi lotincha bo’lib, «auditing» - aynan tarjimasi «u 
eshitayapti», «eshituvchi» degan ma’nolarni bildiradi. 
Amir Temur tuzuklarida ham hisob, moliya va nazorat ishlari mamlakatni boshqarishda 
muhim vosita bo’lganligi haqida qimmatli ma’lumotlar mavjud. Masalan, «Raiyatdan mol-
xiroj olish, mamlakatni tartibga keltirish, uning obodonchiligi, xavfsizligini amalga 
oshiruvchi kishilar tuzugi»da saltanatni boshqarishda hisob va nazorat ishlari haqi-da 
shunday deyilgan: «... har o’lkaga uch vazir tayinlashlarini buyurdim. Bulardan biri raiyat 
uchun bo’lib, undan yig’iladi-gan soliqlarning undirilishini kuzatib, hisobotini olib borsin. 
Oliq-soliq miqdori, soliq to’lovchilarning nomlarini yozib borsin va raiyatdan yig’ilgan 

Yüklə 6,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   627




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin