37
maqsadida o‘tkaziladi.
Tashqi
moliyaviy tahlil xo‘jalik subyekti xodimlari tomonidan emas, balki
boshqa organlar, tashkilotlar va korxonalar xodimlari tomonidan o‘tkaziladi. Bu
tahlil xo‘jalik subyektining murojaati bo‘yicha yoki yuqori tashkilot, korxona va
davlat organlari xodimlari tomonidan nazorat sifatida o‘tkazilishi mumkin.
Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish bir tomondan korxonalarning
mustaqil faoliyati uchun imkoniyat yaratib bersa, ikkinchi tomondan ularning
mas’uliyatini oshiradi. Shu bois, korxonalar o‘zining moliya-xo‘jalik faoliyatini
chuqur tahlil qilib o‘rganishlari lozim. Bunda moliyaviy tahlil va boshqaruv tahlili
shakllaridan keng foydalanish talab etiladi. Moliyaviy tahlil va boshqaruv tahlili
shakllari bir-biri bilan bog‘liq, ammo bajaradigan vazifalari va xususiyatlari
turlicha hisoblanadi. Moliyaviy tahlil quyidagi xususiyatlarga ega:
- moliyaviy tahlilning yakunlari ochiq bo‘lib, tahlil ma’lumotlaridan hamma
foydalanishi mumkin;
- moliyaviy tahlilning yakunlaridan foydalanuvchi xo‘jalik yurituvchi
subyektlar tarkibi keng hisoblanadi;
- moliyaviy tahlil hamma uchun moslangan, nashr etilgan hisobot
ma’lumotlariga asoslanadi;
- moliyaviy tahlil korxonalar ichki boshqaruv muammolarini yechish uchun
o‘tkaziladi;
- moliyaviy tahlilning yo‘nalishi moliyaviy hisobot ma’lumotlari bilan
cheklangan bo‘lib, unda aniq vazifalar yechiladi. Bu moliyaviy mustahkamlik,
balans likvidligi, foyda, rentabellik darajasi va boshqa ko‘rsatkichlardir.
Dostları ilə paylaş: