27
31 modda — Tomonlar Anjumaniga taqdim etiladigan ishtirokchi
davlatlarning hisobotlari
Ishtirokchi davlatlar ikki yilda bir marta Tomonlar Anjumaniga Kotibiyat
orqali YUNESKOning rasmiy tillaridan birida mazkur Konvensiya talablarini
bajarish bo‘yicha ko‘rilgan choralar to‘g‘risida tegishli maʼlumot beradilar.
32 modda — Tomonlar Anjumanining Kotibiyati
1. Tomonlar Anjumanining Kotibiyati YUNESKO Bosh direktori tomonidan
taʼminlanadi.
2. ...
3. ...
4. Kotibiyat Tomonlar Anjumaniga xujjatlarni va majlislarning kun tartibi
loyihalarini tayyorlaydi hamda ularning qarorlarini bajarilishini taʼminlaydi.
33 modda — Konvensiyaga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish
1. Har bir ishtirokchi davlat YUNESKO Bosh direktoriga yozma murojaat
orqali mazkur Konvensiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar yuzasidan taklif
kiritishi mumkin. Bosh direktor bu murojaatni barcha ishtirokchi davlatlarga
yuboradi. Agar murojaat yuborilganidan keyin olti oy davomida ishtirokchi
davlatlarning kamida yarmi rozilik bildirishsa, Bosh direktor bu takliflarni
Tomonlar Anjumanining keyingi sessiyasiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi.
2. O‘zgartirish va qo‘shimchalar Tomonlar Anjumanida ishtirok etuvchi
ishtirokchi davlatlarning uchdan ikki ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
3. Mazkur Konvensiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar qabul qilinganidan
so‘ng ular ishtirokchi davlatlarga ratifikatsiya qilish, qabul qilish, tasdiqlash yoki
xujjatga qo‘shilish uchun taqdim etiladi.
4. ...
5. ...
34 modda — Konvensiya ilovalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni qabul
qilishning alohida tartibi
...
Dostları ilə paylaş: