refleks to ‘la hosil bo‘lgandan keyin, aw allari A ta’sirot (masalan,
qo‘ng‘iroq ovozi) ning o ‘ziga shuningdek uning boshqa, masalan, В
ta’sirot (masalan, metronom ovozi) bilan qushilganiga (kombinatsiyasiga)
ham shartli reaksiya yuz beraveradi. Ammo keyinchalik A ta’sirotning o ‘zi
shartsiz ta’sirot bilan mustahkamlanib,
uning В ta’siroti bilan
kombinatsiyasi (A+B) mustahkamlanmasa, shartli
reaksiya faqat A
ta ’sirotga javoban yuzaga chiqadi va A+B kombinatsiyasiga javoban
yuzaga chiqmay qo‘yadi. Shartli tormoz deb ana shunga aytiladi. Shartli
tormoz tufayli hayvon birmuncha uxshash va uzgacha ta’sirotlami analiz
qiladi va bir-biridan ajratadi. Qo‘shimcha ta’sirot shartli ta’sirot bilan
qushilib, bir vaqtda ta’sir qilgaridagina shartli tormoz paydo bo'ladi. Agar
qo'shimcha ta’sirot shartli ta’sirotdan bir oz oldin ta’sir qildirilsa,
qo‘shimcha ta’sirotga javoban ikkinchi tartibli shartli refleks hosil bo‘lib
qolishi mumkin.
4. Shartli
refleksning
kechikishi. Shartli ta ’sirot bilan shartsiz
ta’sirot ta’siri o ‘rtasida ozmi-ko‘pmi vaqt o ‘tsa, bunda shartli refleks
birmuncha kechikadi. Masalan, chiroq yoqilishiga nisbatan so‘lak ajratish
shartli refleksi hosil qilingan hayvonda chiroq yoqilishi bilan ozuqa berish
o‘rtasida juda oz vaqt (1-5 sekund) o ‘tsa, chiroq yoqilishi bilanoq darrov
so‘lak ajralaveradi. Ammo chiroq yoqilishi bilan ozuqaning berilishi
o'rtasida ko‘proq vaqt (2-3 minut) o ‘tsa, keyinchalik chiroq yoqilishi bilan
so‘lak ajralishi o ‘rtasida ham ko‘proq vaqt (2-3 minut) o ‘tadigan bo‘lib
qoladi. Bu vaqtda shartli ta’sirot shartli refleks markazini dastlab
tormozlaydi, so‘ngra qo‘zg‘atadi. Shartli tormozlanish organizm uchun
nihoyatda katta ahamiyatga ega. Shartli tormozlanish boim aganida edi,
organizm shartsiz ta’sirot bilan mustahkamlanmagan, ammo shartli ta’sirot
bo‘la oladigan har qanday signallarga ham ortiqcha, keraksiz reaksiyalar
bilan javob beraverar edi. Tormozlanish tufayli organizm faqatgina
shartsiz ta’sirot bilan mustahkamlanadigan, o ‘zi uchun zarur reaksiyalami
vujudga keltiradi va shunday qilib, tashqi muhitga mukammalroq
moslashadi.
Dostları ilə paylaş: