51
7.
Har yili mo„l va sifatli hosil olish hamda tupda kelgusi yil hosili uchun etarli
miqdorda yaxshi pishgan novdalar bo„lishini ta‟minlashi;
8.
Tokni qishda ko„mish qulay bo„lishi;
9.
Ishlab chiqarish jarayonlarini keng mexanizatsiyalashtirishga imkon berishi
kerak.
Tok tupiga asosan kallaksimon, bir va ikki tomonli, kosasimon, kordon va
yelpig„ichsimon shakl beriladi.
Toklarga shakl berish asosan tok ko„chatlari o„tqazilgandan birinchi yilidayoq
boshlanadi va keyingi yillarda shu shakl saqlab qolinadi.
Yer tok holida o„stirilganda asosan kosachasimon shakl beriladi.
Vertikal simbag„azlarda o„stirilganda esa to„la elpig„ichsimon kundali, to„la
yelpig„ichsimon kundasiz va yarim yelpig„ichsimon shakl berish usullari qo„llaniladi.
Hozirgi kunda intensiv tokzorlarda tokka yarim elpig„ichsimon shakl berish usuli eng
samarali hisoblanadi. Chunki bu shakl berilganda toklarni mexanizatsiya yordamida
ko„mish va ochish, kesish ishlarini ham mexanizatsiya yordamida bajarish imkonini
beradi. Bu shakl berish usulini K.P.Skuin taklif etgan.
Dostları ilə paylaş: