191
Ishlatish qatlamining quduqdagi filtriga sement aralashmasining tushishini oldini
olish uchun quduqda qum shibbalanadi, agarda kerak bo‗lsa to‗kma tiqin ustidan
sement stakani qo‗yiladi.
Kirib keladigan suvlarni yo‗lini yopish uchun nuqson joyi orqali bosim ostida
(haydovchi quvur yoki quvur orqali) sement haydaladi.
Suv asosli sement eritmasini tizmadagi harakat yo‗lini kuzatish uchun unga
radiaktiv izotoplar qo‗shib haydaladi. Qotish muddati bo‗lgandan so‗ng quduq
germetiklikka yuqori bosim ostida sinaladi. Undan keyin tizmadagi sement stakani
burg‗ilanadi, nuqsondan pastda yotgan qumli tiqin yuviladi, nuqsonli joyi esa
germetiklikka yuqori bosim ostida yoki sathni pasaytirish yo‗li bilan sinaladi va
quduq yuviladi.
Agarda tizmada bir nechta nuqsonlar mavjud bo‗lsa, ta‘mirlash ishlari quyidagi
tartibda o‗tkaziladi: birinchidan yuqoridagi nuqsonli joy bartaraf qilinadi, undan
keyin esa pastda joylashgan joy tuzatiladi.
Quduq tubiga quvur orqasidan kirib keladigan yuqori suvlarni bekitish uchun
tizma filtr teshiklari orqali sementlanadi. Suvli-sementli eritma qo‗llanilganda
ishlatish obyektining quduq tubi zonasining ifloslanish ehtimolligi yuqoribo‗ladi, past
qatlam bosimi mavjudligi bilan harakterlanadi. Bunda neftli sement aralashmasi
qo‗llaniladi.
Yuqoridan keladigan suvlarni ishonchli bekitish ishlarini amalga oshirish uchun
bosim bilan sement haydaladi va quduq tubidagi sement stakanini esa burg‗ilab
olinadi.
Dostları ilə paylaş: