LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining 2008-yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda
qilmishni
kvalifikatsiya
qilishga
doir
masalalar
to‘g‘risida”gi
qarorining 21, 22, 26 va 27-bandlari.
Sudning hukmi bilan shaxs o‘ta xavfli retsidivist deb topilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 457-moddasi
birinchi qismining 8-bandi, 468-moddasi birinchi qismining 3-bandi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining 2008-yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda
qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 22, 25-
bandlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi
13-sonli “Qasddan odam o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti
to‘g‘risida”gi qarorining 22-bandi.
Shaxsni o‘ta xavfli retsidivist deb topish to‘g‘risidagi masala hal
qilinayotgan vaqtda uning boshqa davlatlar sudlarining hukmlari bo‘yicha
sudlanganligi ham hisobga olinishi mumkin.
Shaxsni o‘ta xavfli retsidivist deb topish to‘g‘risidagi masala hal
qilinayotgan vaqtda uning o‘n sakkiz yoshga to‘lgunga qadar sodir etgan jinoyati
uchun sudlanganligi, shuningdek qonunda belgilangan tartibda sudlanganlik
muhlatlarining o‘tib ketganligi yoki olib tashlangan sudlanganligi inobatga
olinmaydi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining 2008-yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda
qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 22, 24-
bandlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-
sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi
qarori 9-bandining uchinchi xatboshisi.
Ushbu Kodeks Maxsus qismining o‘ta xavfli retsidivist tomonidan sodir
etilgan jinoyatlar uchun javobgarlikni belgilovchi moddalari shaxs ushbu jinoyatni
sodir etgunga qadar qonunda belgilangan tartibda o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan
bo‘lsagina qo‘llaniladi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining 2008-yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda
qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 28-bandi.
Dostları ilə paylaş: