SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
393
1. Har bir shaxs o„zida ota-onasining ( yoki ularni o„rnini bosuvchi shaxslarning ) "men"
holatlarini (o„zi idrok qilganidek) takrorlaydigan shunday to„plamni olib yuradi va ushbu ota-
onalik "men" holatlari muayyan sharoitlarda faollashishi mumkin (ekstropsixik faoliyat). Oddiy
qilib aytganda: "Har kim ichida ota-onasini olib yuradi".
2. Bar bir shaxs (shu jumladan, bolalar, aqli zaiflar va shizofreniyaga chalinganlar ham)
agar tegishli "men" holatini faollashtira olsa, ma„lumotlarni obyektiv qayta ishlashga qodir
(neopsixik faoliyat). Oddiyroq aytganda: "Xar bir odamning ichida voyaga yetgan shaxs--katta
odam bor".
3. Har bir inson bir vaqtlar hozirgidan yoshroq bo„lgan va o„zi bilan o„tgan yillarining
ma„lum taassurotlarini olib yuradi, ular ma„lun sharoitlarda faollashishi mumkin. Oddiy qilib
aytganda: "Har kim ichida kichkina bola yoki qizni olib yuradi".
Shunday qilib, o‟z-o‟zidan har uchala holat ham omon qolish uchun juda
muhimdir. Faqatgina ularning normal muvozanati buzilgandagina aralashuv kerak bo‟ladi.
Normal holatda ularning har biri: Ota-ona, Katta odam va Bola – teng hurmatga loyiq
hamda samarali va to‟laqonli hayot uchun bir xil darajada zarurdir.
Dostları ilə paylaş: