43
Pul muomalasi ishlarini ichki auditi
-
jarayonida audit tekshiruvi
o’tkazilayotgan davrda amalda bo’lgan pul-kredit siyosati va Markaziy bankning
amaldagi yuriqnomalariga muofiqlik darajasi tekshiriladi va bunda auditor
tomonidan quyidagi
-
pul muomalasi ishining qay darajada tashkil etilgani;
-
pulning kassaga qaytish koefitsentining asosli darajadaligini tekshirish;
-
tashkilotlar tomonidan kassa buyurtmalarining o’z vaqtida va to’liq yig’ib
olinishi;
-
xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan naqd pul tushumlarining bankka
topshirilish hisobini audit qilish;
-
tashkilotlarga ish haqi berish jadvallarining mavjudligi va unga amal
qilishnishi;
-
xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga kassa qoldigi limitlarining to’g’ri va to’liq
o’rnatilishi;
-
savdo va nosavdo tashkilotlariga naqd pul tushumlarining to’g’ri o’rnatilishi;
kabi holatlar o’rganiladi va to’zilgan kassa prognozi O’zbekiston
Respublikasi MB Boshkaruvining 2005 yil 20 avgustdagi 18/1-son qarori bilan
tasdiklangan O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005 yil 10
oktyabr 1518-son bilan ruyxatga olingan «O’zbekiston Respublikasida banklar
tomonidan pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish to’g’risida»gi yuriqnomaga
asosan amalga oshirilganligi tekshiriladi hamda aniqlangan xatolar bo’yicha tegishli
choralar ko’rilishi bayon etiladi.
Dostları ilə paylaş: