3.
Ota-onalar bilan treninglar o‘tkazish usullari.
Maktabgacha
ta’lim muassasalarida ota-onalar uchun treninglar, munozaralar, test-
lar, topshiriqlar, savol nomalar, interfaol metodlar vaqti- vaqti bilan
o‘tkazilib turilsa, ayniqsa, maktab yoshidagi 6-7 yoshli bolalarni
maktabga tayyorgarligini aniqlashda ota-onalaming ishtirokida olib
boriladigan har bir mashg‘ulotlar farzandlarining nimaga qodir ekan-
ligini anglab olishlariga yaqindan yordam beradi va bolalarni mak
tabga tayyorlashda oila a’zolarining mas’uliyati oshardi.
Ta’lim muassasalarida ota-onalar va tarbiyachilar bilan o‘tkaziladigan
har bir munozaralar bolalarni maktabning ilk bosqichiga qadam
qo‘yishlarini silliqlik bilan o‘tishida yordam beradi hamda sog'lom bola
va mustahkam sog‘lom muhit sharoitini yaratishga imkon beradi.
Treninglar maktabgacha ta’lim muassasa uslubchisi, maktabgacha
tayyorlov guruh tarb yachisi va tarbiyalanuvchilari hamda ulaming
ota-onalari, boshlang'ich sinif o‘qituvchilari ishtirokida o‘tkazilishi
bola rivojlanishida to‘g‘ri tashxis qo‘yishga yordam beradi.
Ota-onalarga: «Sizning bolangiz yaqinda yetti yoshga to‘ladi.
Uning hayotida yangi tartibli, rejaga asoslangan ta’lim boshlanib,
u bolangizni har tomonlama sog‘lom, tetik, mustaqil shaxs sifatida
voyaga yetishida zamin yaratish bosqichlariga aylanadi» deb muro-
jaat etiladi.
Maktab ostonasiga birinchi qadamini qo‘yar ekan sizning
bolangiz hayotida o‘chmas, esda qoluvchi damlar boshlanadi, deb savol-
nomalar tarqatiladi va yozma ravishda javob berilishini iltimos qilinadi.
1. Sizning bolangizda maktabda o‘qishga moyillik bormi?.........
2. Sizningcha bola maktabga tayyorgarlikni oiladan oladimi?.........
3. Maktabda muvaffaqiyat]i o‘qib ketishi uchun nima zarur?........
4. Jismoniy sog‘lom bo‘lishi uchun nimalarga e’tibor qaratilishi
lozim?.........................
5. Shaxsan sizning bolangiz maktabgacha ta’lim muassasasidan
so‘ng maktab sharoitiga moslashishi uchun nimalarga e’tibor
qaratar edingiz?...........................
332
6. Maktabgacha ta’lim muassasalari va maktab ta’limi o‘rtasidagi
farqlami bolangiz ongiga singdira olasizmi?..............
7. Maktab hayotidagi qonun-qoidalami bilishi va unga amal qil-
ishiga yordam bera olasizmi?.....................
8. Maktabgacha ta’lim muassasalaridan qanday talab va istak-
laringiz bor?
kabi savollarga javoblar olingandan so‘ng munozarani olib borish
uchun ota-onalarga topshiriqlar beriladi:
- ota-onalaming maktab bo ‘ sag ‘ asidagi tashvishlari qay daraj ada
ekanligini aniqlash,
- maktabga bolalarni har tomonlama tayyorlash uchun ota-ona
lami qiziqtirgan kitoblaming mavjudligi,
- bolani sog‘lom muhitda tengdoshlari bilan o‘rtoqlashishga
ko‘maklashishi.
- o‘qish va sanashni bilish darajalarini aniqlashga yordam berish.
- bolalarni intizomli, tartibli, chidamli va mustaqil fikirlashga
undash.
Ota-onalar topshiriqlar yuzasidan o‘zaro munozara qilganlari-
dan so‘ng ulaming fikr va mulohazalarini tinglash hamda maktab
gacha ta’lim muassasalari tarbiyachilari va boshlang‘ich ta’lim
o‘qituvchilariga bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda ulami
sog‘lomligiga katta e’tibor qaratish, jismonan va aqlan rivojlantirish
mas’uliyatini yuklash, muassasalar bilan hamkorlikda ish olib borish
vazifalarini bajarishdan iboratligi tushuntiriladi hamda ta’limning
keyingi turi - boshlang‘ich sinflarda muvafFaqiyatli ta’lim olishga
yo'naltiriladi. Xususan, mustahkam oilada sog‘lom bola tarbiyasi
bolalarni ma’rifatli, ishbilarmon, tadbirkor, bugungi bozor iqtisodi-
yoti sharoitiga o‘tishning ma’naviy-axloqiy asoslarini to‘g‘ri tushuna
oladigan, halol, to‘g‘ri, birovlar haqqiga xiyonat qilmaydigan, xayr-
ehson, saxovat va muruvvat kabi fazilatlaming asl ma’nosini yaxshi
anglaydigan jamiyat a’zosi qilib tarbiyalashda maktabgacha ta’lim
muassasalari va ota-ona avvalo, o‘zi, qolaversa, farzandlarini ham
o‘rgatib bormog‘i, har biri o‘z mas’uliyatini anglab yetmog‘i, ota-
ona va tarbiyachi farzand tarbiyasida mohirona bo‘lishi bugungi kun
talablaridan biri hisoblanadi.
333
|