tashbehlardan, xalq og‘zaki ijodiyotidan (maqollar, matallar), frazeo-
logik iboralardan kengroq va mohirona foydalanish lozim.
Bundan tashqari, tarbiyachining nutqi nafaqat bolalarga nisbatan,
balki maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlariga nisbatan ham osu-
da, doimo bosiq, xushmuomala bo‘lishi shart.
Shunday qilib, bolalar bilan ishlash orqali pedagog quyidagilarga
e’tiborini qaratishi lozim:
•
ona tilidagi barcha tovushlami to‘g‘ri talaffuz qilish, nutqdagi
mavjud kamchiliklami bartaraf etish;
• aniq, tushunarli nutqqa, ya’ni yaxshi diksiyaga ega bo‘lish;
• o‘z nutqida adabiy talaffuzlardan foydalanish, ya’ni orfoepik
qoidalarga rioya qilish;
•
ifodalilikning intonatsion vositalaridan bildirilgan fikrlami hi
sobga olgan holda to‘g ‘ri foydalanishga intilish;
•
bolalar bilan muloqotda biroz sekinlashtirilgan sur ’ atda, ovoz
ni sal pasaytirgan holda nutq so‘zlash;
•
matnlar mazmunini so‘zlar va grammatik tuzilmalardan foy-
dalangan holda ravon hamda imkonli shaklda hikoya qilish va
bolalarga yetkazish;
• bolalar va xodimlar bilan suhbatda ovozni balandlatish va
qo‘pol muomalaga yo‘l qo‘ymaslik.
Ta’lim muassasasi tarbiyachisi uchun namunali nutqqa ega bo‘lish
uning kasbiy tayyorligi ko‘rsatkichidir. Shuning uchun o‘z nutqini ta-
komillashtirish haqida qayg‘urish bo‘lajak pedagogning axloqiy va
ijtimoiy burchidir. U o‘zida keyinchalik bolalarga beradigan nutqiy
ko'nikmalami mukammal rivojlantirishi shart.
Tarbiyachi nutq madaniyatiga ega bo‘lishi, uning nutqi quyidagi
xususiyatlami o‘zida aks ettira olishi kerak.
a) nutqning to‘g‘riligi;
b) nutqning aniqligi;
d) nutqning ifodaliligi;
e) nutqning sofligi;
f) nutqning ravonligi;
g) nutqning boyligi.
Dostları ilə paylaş: