170
•
davlat soliq siyosatini amalga oshirish;
•
soliq sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar va
boshqa majburiy to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblab chiqilishi, to‘liq va o‘z
vaqtida to‘lanishi yuzasidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash;
•
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning O‘zbekiston
Respublikasi Soliq kodeksiga va boshqa qonun hujjatlariga
muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga, davlat
maqsadli jamg‘armalariga va byudjetdan tashqari jamg‘armalarga
to‘liq miqdorda tushishini ta’minlash;
•
soliq to‘lovchilar, soliq solish obyektlari hamda soliq solish
bilan bog‘liq bo‘lgan obyektlarning to‘liq va o‘z vaqtida hisobga
olinishini ta’minlash, ularni to‘liq qamrash va hisobga olish
mexanizmlarini
takomillashtirish,
Soliq
to‘lovchilar
identifikatsiyalash tartib raqamlarining yagona reestrini yuritish;
•
soliq solish bazasini kengaytirish hamda soliqlar va boshqa
majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlarini
ro‘yobga chiqarish, soliq sohasidagi huquq buzilishlarining oldini
olish, aniqlash va ularga barham berish bo‘yicha kompleks
tadbirlarni amalga oshirish;
•
pul mablag‘larining noqonuniy aylanishi manbalariga
barham berish, naqd pul tushumining aholi bilan pulli hisob-
kitoblarni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar
tomonidan banklar kassalariga o‘z vaqtida va to‘liq topshirilishi
yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlash;
•
soliq qonunchiligiga rioya etish uchun zarur shart-
sharoitlarni ta’minlash, soliq to‘lovchilarga soliq majburiyatlarini
bajarishda yordam ko‘rsatish, ularga ko‘rsatiladigan axborot-
maslahat xizmatlari turlarini kengaytirish;
•
bozorlar va savdo komplekslarining moliya-xo‘jalik faoliyati
yuzasidan qat’iy nazoratni amalga oshirish;
•
davlat soliq xizmati organlarini halol, yuqori malakali, o‘z
ishiga sadoqatli xodimlar bilan ta’minlash, kadrlar tarkibining sifat
darajasini yaxshilash bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tizimida
2000-yil 13-martdagi Vazirlar Mahkamasining 87-sonli qarori bilan
Bosh nazorat-taftish boshqarmasi
50
tuzilgan bo‘lib, uning
50
Davlat soliq qo‘mitasining 2017-yil 9-oktyabrdagi 646-sonli buyrug‘i asosan “Davlat soliq qo‘mitasining Bosh
nazorat-taftish boshqarmasi to‘g‘risi Nizom”i tapsdiqlangan. http://www.soliq.uz
167
•
moliya inspektori lavozimi joriy etilgan tashkilotlarda aksiz
solig‘ini to‘g‘ri hisoblanishi va o‘z vaqtida to‘lanishi yuzasidan
nazorat o‘rnatish;
•
paxta tozalash korxonalarida hisobga olish va hisobotning
haqqoniyligi ustidan davlat nazoratini amalga oshirilishini
ta’minlash.
Davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirishda soliq organlari
muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat soliq
xizmati to‘g‘risida
ˮgi 1997-yil 29-avgustdagi qonuni
47
soliq
nazoratining asoslari, uni amalga oshirish
bo‘yicha soliq
organlarining huquq va majburiyatlarini belgilab beradi.
Soliq nazorati soliq to‘lovchilarni, soliq solish obyektlarini va
soliq solish bilan bog‘liq obyektlarni hisobga olishning,
shuningdek‚ soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini
nazorat qilishning yagona tizimidan iboratdir. U davlat soliq
xizmati organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq
Kodeksi
48
da keltirilgan shakllarga asosan amalga oshiriladi.
Soliq ma’muriyatchiligini amalga oshirishda bir qator
muammolarni bartaraf etish maqsadida 2017-yil 18-iyulda
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
Dostları ilə paylaş: