2022-2023-O’QUV YILI UCHUN
~ 45 ~
ENERGIYA ALMASHINUVI, ATF, FOTOSINTEZ ga
oid mustaqil bajarish uchun masala va mashqlar.
1.
Anaerob parchalanish reaksiyasida glukozaning sut kislotasigacha
parchalanishi
natijasida ajralib chiqayotgan energiyaning necha foizi issiqlik energiyasi sifatida
tarqalib
ketadi?
2.
Energetik almashinuvning aerob (a) va anaerob (b) bosqichlarida hosil bo‘lgan
energiyaning necha foizi ATF molekulalariga bog‘lanadi?
3.
Energetik almashinuvning aerob bosqichida issiqlik tarzida tarqalgan energiya (a)
miqdori va ATF molekulasiga bog‘lanadigan energiya (b) miqdorini aniqlang.
4.
660 gr glukoza sintezlanishi uchun sarflanadigan ATF
energiyasi miqdorini
aniqlang?
5.
Dissimilatsiya jarayonida 4 molekula glukoza ishtirok etgan bo‘lib, ularning 1
molekulasi to‘liq parchalangan. Natijada necha molekula CO2 (a)
va necha molekula ATF
(b) hosil bo‘lganligini aniqlang.
6.
Dissimlatsiya jarayonida 7 mol glukoza parchalanganda. Agar 2 mol glukoza to‘liq
parchalangan bo‘lsa,qancha (mol) ATF sintezlangan?
7.
756 g glukoza fermentlar ishtirokida aerob sharoitda bosqichma-bosqich parchalansa
qancha energiya (kJ) hosil bo‘ladi?
8.
450 g glukoza dissimilatsiya jarayonida to‗liq parchalandi. Sintezlangan ATF (a) va
hosil bo‗lgan CO2 (b) miqdorini aniqlang.
9.
1800 g glyukoza hosil bo‗lishi uchun qancha molekula H2, CO2 va
ATF kerak
bo‗ladi?
10.
Necha gramm glukoza parchalanganda 8 mol sut kislota hosil bo‘ladi?
11.
380 g glukozaning aerob sharoitda parchalanishi natijasida hosil bo‘lgan
energiyaning qancha miqdori (kJ) issiqlik energiyasi tarzida tarqalib ketadi?
12.
Besh molekula sut kislotasining aerob parchalanishi tufayli ATF molekulalariga
bog‘lanadigan energiyaning miqdorini aniqlang.
13.
To‘rt molekula sut kislotasining aerob parchalanishidan hosil bo‘lgan energiyaning
necha foizi issiqlik tarzida tarqalib ketadi?
14.
Dissimlatsiya jarayonida bir necha molekula glukoza
anaerob parchalanishi
natijasida 38 molekula ATF sintezlandi. Parchalangan glukoza miqdorini aniqlang.
15.
Dissimlatsiya jarayonida 9 mol glukoza parchalangan. Agar 5 mol glukoza to‘liq
parchalangan bo‘lsa, qancha (kj) ATF sintezlangan?
16.
Uch molekula sut kislotaning aerob sharoitda parchalanishi natijasida hosil bo‘lgan
energiyaning qanchasi (kj) ATF molekulalarida to‘planadi(a), qanchasi (kj)
issiqlik
energiyasi (b) tarzida tarqalib ketadi?
17.
Dissimlatsiya jarayonida 7mol glukoza parchalangan. Agar shundan 2
mol glukoza
to‘liq parchalangan bo‘lsa, qancha (mol) sut kislota hosil bo‘ladi?