1. Roʻyxatingizdagi barcha ma’lumotlarni belgilang.
2. Bullets buyrug‘idan keyingi strelkani bosing.
3. Siz foydalanishingiz mumkin boʻlgan ro‘yxat uchun shakllar to‘plamini koʻrasiz.
4. Oʻzingiz hujjatga joylamoqchi bo‘lgan ro‘yxat belgi shaklini tanlang va roʻyxatdagi nuqtali
belgi ushbu shaklga o‘zgaradi.
18 5.1-mashg‘ulot “My_Flowers.docx” hujjatini oching. Quyidagi jumlani hujjatning boshiga yozing:
“Ushbu hujjatga kiritilgan gullar ro‘yxati:”
Keyin hujjatga kiritilgan uchta gulning nomini belgili roʻyxat shaklida yozing.
5.2-mashg‘ulot Roʻyxatingizdagi belgili ro‘yxat shaklini quyidagi shaklga oʻzgartiring:
❖
5.3-mashg‘ulot Hujjatning pastki qismiga raqamli roʻyxat hosil qiling. Buni quyidagi roʻyxatni raqamli
ro‘yxatga oʻzgartirib bajaring:
• Gul ekishingiz uchun bogʻingizdan toʻgʻri joyni tanlang.
• Gulga mos keladigan darajada chuqur kovlang.
• Chuqurga biroz o‘g‘it joylashtiring.
• Gulni eking va chuqurchani turpoq bilan toʻldiring.
• Gulni sugʻoring.
Hujjatdagi oʻzgarishlarni saqlang.
Bundan tashqari, nafaqat ma’lum bir shakldan, balki raqamlangan belgilardan ham
foydalanishingiz mumkin. Buni belgili ro‘yxatni qanday hosil qilgan bo‘lsangiz, xuddi shu usulda
amalga oshirasiz. Ushbu jarayonda
Bullets buyrug‘i o‘rniga
Numbering buyrug‘i tanlanadi.
19 1 Matnli hujjatdan maqsadli foydalanish
Hujjatga Header va Footer maydonlarini qoʻshish Hujjat haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlarni aks ettirish uchun sahifaga