«Bobur va kabutar»
asarida
hazrat, a’yonlar, oliy hazrat
so’zlari
qo’llangan. Asar matnida qadimiy davr bilan bog’liq qo’shimchalarning
qo’llanilishi ham asarga joziba bag’ishlaydi. Masalan:
«Kabutar ne deydur?»
kabi.
Mazkur asarda ikkinchi shaxs qo’shimchasi o’rnida hurmat ma’nosidagi uchinchi
shaxs qo’shimchasi qo’llangan:
«Xatda:
Oliy hazrat, qovun ayni pishdi. Kelib qo’l
urib bersalar».
SHu o’rindagi
«qo’l urib bersalar»
birikmasi ibora hisoblanadi
.
Iboralar doim ko’chma ma’no ifodalab, nutqning ta’sirchanligini oshiradi. Matndan
iboralar aniqlangach, ma’nosini izohlashdan tashqari, ularga ma’nodosh yoki
qarama-qarshi ma’noli iboralarni topshirish ham yaxshi samara beradi.
Topishmoqlarda ham jonlantirish va o’xshatishlar juda ko’p. Masalan,
«Ayoz
bobo novvot sotdi, Olgan edim, qo’lim qotdi»
topishmog’ida o’xshatish,
«CHiq-
chiq» ishlab tolmaydi, tunda uxlab qolmaydi»
topishmog’ida jonlantirish
qo’llangan.
«CHumoli va Tipratikan», «O’jar toshbaqa»
masallarida ham badiiy til
vositalari mavjud. Xususan, ularda
«O’g’irlik mol aylar jonsarak», «Bola ko’nglin
ko’tarar», «Kosang joningga huzur», «Senga qalqon usti-bosh», «Parcha go’sht
bo’lib yurar», «Jish Toshbaqa»
kabi ibora, birikma va gaplar uchraydiki, ular ustida
ishlashda
“Bunday majorolar qachon va kimlar orasida bo’lib o’tishi mumkin?”,
“Ularga hayotdan misollar keltiring”
kabi topshiriqlar berish, ulardagi ma’noni
boshqacha yo’sinda bayon ettirish, o’zaro taqqoslash, ta’sirchanligidagi farqni
aniqlatish katta ta’limiy ahamiyat kasb etadi. Masalan:
«Bola ko’nglin ko’tarar» -
Bolasiga yaxshi gaplar gapirar,
«Kosang joningga huzur» -
Kosang joningni,
sog’lig’ingni asraydi» kabi.
239
Boshlang’ich sinflarda adabiy tushunchalar va badiiy vositalar ustida ishlash
o’quvchilarning ijodiy tafakkurini o’stirishga, ularda jonlantirish, o’xshatish,
mubolag’a kabi adabiy tushunchalar yuzasidan dastlabki tasavvur hosil qilishga
yordam beradi.
O’qish metodikasi adabiyotshunoslik, psixologiya, pedagogika ishlab bergan
nazariy qoidalarga asoslanadi. Sinfda o’qishni to’g’ri uyushtirish uchun o’qituvchi
badiiy asarning o’ziga xos xususiyatlarini, ta’limning turli bosqichlarida o’qish
jarayonining psixologik asoslarini, kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning matnni
idrok etish va o’zlashtirish xususiyatlarini hisobga olishi zarur.
O’qish ta’limi bo’yicha o’quvchilarni faqat matn bilan tanishtirish yordamida
dastur talablariga javob berib bo’lmaydi. Negaki, matn tagzaminidagi tarbiyaviy
g’oya uni tushunish, idrok qilish natijasidagina ochiladi. Boshqacha aytganda, har
qanday asardagi sehr-joziba matn zaminidagi yashirin mazmun-mohiyatni anglab
yetilganda o’quvchi diqqatini o’ziga jalb etishi mumkin. Bunga adabiy-nazariy
tushunchalarni o’zlashtirish, adabiy tahlil malakalarini shakllantirish orqali
erishiladi.
Asar tahlili jarayonida o’qituvchi savollariga o’quvchilarning o’z so’zlari bilan
javob berishi ham matnda tasvirlangan voqea-hodisalar yuzasidan mantiqiy
fikrlashga, qahramonlarning xatti-harakatlarini to’g’ri baholashga yaqindan yordam
beradi. Savollar uzuq-yuluq va mantiqsiz bo’lmasdan, qat’iy maqsad asosida izchil
berilishi o’quvchilarning o’qilgan matn mohiyatini chuqur anglab yetishlariga
imkon yaratadi, chunki har qanday javob mustaqillikni taqozo etadi.
Ta’kidlash joizki, o’quvchilarning o’zlarini ham savol tuzishga o’rgatish lozim.
K. D. Ushinskiy qayd etganidek, to’g’ri qo’yilgan masalaning o’zi yarim javobdir.
Matn yuzasidan savol tuzishda o’quvchining dars mavzusi bilan bog’liq jihatlarga
e’tibor berishi asarda tasvirlangan voqea-hodisalar o’rtasidagi sababiy
bog’lanishlarni bilib olishga, hayotiy xulosalar chiqarishga yo’l ochadi. SHuning
uchun ham matn yuzasidan savol tuzish o’quvchini ongli va tushunib o’qishga
yo’llaydi.
|