ularga o‗zbek shaxmatining oltin avlodi deya baho bermoqda. Bu bejiz emas.
2017 yili
Nodirbek Abdusattorov
jahonning eng yosh grossmeysteri nomiga
sazovor bo‗lgan bo‗lsa,
Javohir Sindorov
ushbu rekordni yangiladi
.
O‗shanda Nodirbek Abdusattorov 13 yoshu 1 oyligu 11 kunlik bo‗lganida xalqaro
grossmeyster darajasiga erishib, shaxmat tarixida rossiyalik Sergey
Karyakindan so‗ng ikkinchi natijani qayd etgan edi. Shu yil yozda hindistonlik
Rameshbabu Pragnanandha 12 yosh 10 oylik va 13 kunlik bo‗lganida shunday
unvonga erishib, Nodirbekni 3-o‗ringa tushirib qo‗ygan edi. Biroz o‗tib esa eng
yosh payti xalqaro grossmeyster unvoniga ega bo‗lganlar ro‗yxatida 2-o‗ringa
yana O‗zbekiston vakili ko‗tarildi. Iste‘dodli shaxmatchimiz Javohir Sindorov 12
yoshu 10 oylik bo‗lganidan 7 kun o‗tib, ya‘ni 15 oktyabr kuni uchinchi bor
xalqaro grossmeyster normasini bajardi!
2017 yili Nodirbek Yoqubboyev Sankt-Peterburg shahrida bo‗lib o‗tgan Mixail
Chigorin xotirasiga bag‗ishlangan xalqaro turnirda 300 nafar shaxmatchi (20
nafari xalqaro grossmeyster) ishtirok etgan blis musobaqasida 1-o‗ringa
sazovor bo‗ldi.
Shamsiddin Vohidov – o‗zbek shaxmati tarixida jahon chempioni bo‗lgan 4
shaxmatchidan biridir (Ibrohim Hamroqulov – 1998 yil, 16 yoshgacha o‗smirlar
o‗rtasida; Rustam Qosimjonov – 2004 yil, olimpiya tartibida o‗tkazilgan jahon
chempionatida; Nodirbek Abdusattorov – 2012 yil, 8 yoshgacha bolalar
o‗rtasida; Shamsiddin Vohidov – 2015 yil, 14 yoshgacha o‗smirlar o‗rtasida).
Terma jamoamizning yana bir vakili – Sitora Saparova ham bir necha marotaba
O‗zbekiston va Osiyo chempioni bo‗lgan iqtidorli shaxmatchi xisoblanadi.
|