26-rasm. Yomg‘ir chuvalchangining ichki tuzilishi: 1 – og‘iz; 2 – halqum; 3 – qizilo‘ngach; 4 – jig‘ildon; 5 – oshqozon;
6 – ichak; 7 – yurak; 8 – orqa qon tomiri; 9 – qorin qon tomiri;
10 – tana bo‘shlig‘i to‘siqlari; 11 – halqum usti nerv tuguni;
12 – halqum osti nerv tuguni; 13 – qorin nerv zanjiri
8 12 6 2 5 9 4 13 3 10 7 11 1
48
1. Yomg‘ir chuvalchangining tashqi ko‘rinishi qanday tuzilgan?
2. Teri-muskul xaltasi qanday tuzilgan?
3. Yomg‘ir chuvalchangi qanday harakatlanadi?
4. Tana bo‘shlig‘i qanday tuzilgan?
5. Yomg‘ir chuvalchangining nerv sistemasi qanday tuzilgan?
6. Yomg‘ir chuvalchangi qanday sezadi?
1. Yomg‘ir chuvalchangining tana bo‘shlig‘i:
a) yupqa pardadan iborat;
b) bir qavat epiteliy bilan qoplangan;
d) parda to‘siqlar bilan alohida kameralarga bo‘lingan.
2. Yomg‘ir chuvalchangi tuxumlarini:
a) pilla ichiga qo‘yadi;
b) urg‘ochisi bachadoniga qo‘yadi;
d) tuproqqa qo‘yadi.
Lug‘at daftaringizga yozib oling. Kam tuklilar, halqali chuvalchanglar, yomg‘ir chuvalchangi, teri, halqa mus-
kullar, bo‘ylama muskullar, teri-muskul xaltasi, tana bo‘shlig‘i, tukchalar,
halqalar, nerv tolalari, tana belbog‘i.
Javob bering. Yomg‘ir chuvalchangi tuzilishining qaysi xususiyatlari uning
harakatlarini birmuncha murakkablashuviga imkon beradi?
Topishmoqda qaysi hayvonning qiyofasi va hayoti haqida ma’lumot berilgan?
11. Qizil xivich yer kovlaydi,
In qaziydi, tuproq yamlaydi.
Tasdiqlovchi javoblar: 1d, 2a.
13-§. Yomg‘ir chuvalchangining ichki tuzilishi Hazm qilish sistemasi. Chuvalchangning og‘iz teshigi tana-
si oldingi uchida, birinchi tana bo‘g‘imi ostida joylashgan. Og‘iz
qisqa halqum orqali qizilo‘ngachga tutashgan (26-rasm). Qi
zil
o‘n-
gachning kengaygan keyingi qismi jig‘ildon deb ataladi. Jig‘ildon
esa kichikroq oshqozonga ochiladi. Oshqo
zondan tana
ning keyingi
tomoniga qarab ichak ketadi. Chuvalchanglar chiri
yotgan o‘simlik
qoldiqlari bilan oziqlanadi; chirindini tuproq bilan birga ichagidan
o‘tkazadi. Oziq ichakda hazm shirasi ta’sirida o‘zlashtiriladi. Oziq
V bob. Halqali chuvalchanglar tiрi ?!
49
tarkibidagi moddalar qonga so‘riladi. Oziqning hazm bo‘lmagan
qismi anal teshigi orqali tashqariga chiqariladi.