Lug‘at daftaringizga yozib oling.
To‘garak chuvalchanglar, odam askaridasi, qizilo‘ngach, keyingi ichak, anal
teshigi, ayrim jinsli, kutikula.
Javob bering. Nima sababdan askarida asosan poliz mahsulotlari orqali yuqadi?
Parazit nomini toping va uning qanday yuqishini ko‘rsating.
10. Ichakda bor bir xivich,
Bo‘yi rosa bir qarich.
Tekin tomoq, ichak so‘rar,
Bilsang ayt-chi, qanday yuqar?
Tasdiqlovchi javoblar: 1-d, 2-a.
Juftlab yozish javoblari: a-3, b-1, d-2, e-5, f-4.
IV bob. Yassi va to‘garak chuvalchanglar tiрlari
?!
41
11-§. Parazit chuvalchanglarning xilma-xilligi
Exinokokk.
Exinokokk yassi chuvalchanglar tiði, tasmasi
mon
chulval
changlar sinfiga kiradi. Uning uzunligi 0,3–0,6 mm bo‘lib, it,
bo‘ri va tulkilar ichagida parazitlik qiladi (23-rasm, 3, 4). Boshidagi
ikki juft so‘rg‘ichlari yordamida ichak devoriga yopishib oladi. Ta-
nasi 5–6 bo‘g‘imdan iborat; tuxumga to‘lgan oxirgi bo‘g‘imi hayvon
axlati bilan tashqariga chiqib ketadi, uning o‘rniga yana boshqasi
hosil bo‘ladi.
11-§. Parazit chuvalchanglarning xilma-xilligi
23-rasm. Parazit
chuvalchanglar:
1 – cho‘chqa tasmasimon
chuvalchangi; 2 – uning
boshi; 3 – voyaga yetgan
exinokokk; 4 – exinokokk
pufagi.
4
1
3
2
Exinokokk tuxumlari yem-xashak orqali qoramol, qo‘y, ot
va tuya kabi hayvonlarning ichagiga tushganida ulardan chiqqan
lichinkalar qon orqali o‘pka, jigar yoki boshqa organlarga borib,
juda yirik, ba’zan chaqaloq boshidek va undan ham kattaroq pu-
fak (finna)ni hosil qiladi. Bunday pufak ichidagi suyuqlikda faqat
mikroskopda ko‘rinadigan juda ko‘p sonli lichinkalar bo‘ladi. Itlar
va yirtqich hayvonlar o‘txo‘r hayvonlarning ichki organlari bilan
birga ana shunday pufaklarni yeganida ular ichagida lichinkalar
voyaga yetadi. Hayvon ichagidan axlat bilan juda ko‘p exinokokk
tuxumlari tashqariga chiqib turadi. Tuxumlar hayvonlarning yungi-
ga ham yopishib qoladi. Odam kasal itni erkalatganida exinokokk
tuxumlarini yuqtiradi. Odam va o‘txo‘r hayvonlar exinokokkning
oraliq xo‘jayini, it va boshqa yirtqich hayvonlar esa uning asosiy
xo‘jayini hisoblanadi.
|