248
ma’nosini bildirib, bu din ta’limoti asosini imperator hokimiyati
ning ilohiyligi to‘g‘risidagi aqida tashkil etadi.
Sintoiylikda ham konfutsiylikda bo‘lgani singari ajdodlarning
oilaurug‘iga ehtirom ko‘rsatish katta rol o‘ynaydi. Diniy ta’li
motga ko‘ra, vafot etgan har bir odam kami (barcha ruh va Xu
dolarning umumiy nomi)ga aylanadi. Har bir yapon kishisining
uyida oilaviy mehrob bo‘lib, undagi kichkina shkafchaga vafot et
gan oila a’zolarining nomlari yozilgan taxtacha qo‘yib boriladi.
Sintoiylikda maxsus muqaddas kitob mavjud bo‘lmasada,
ammo Yaponiya davlati asoschisi deb qaraluvchi «kami» ham
da imperatorlar sulolasi haqida hikoya qiluvchi turli afsona va
rivoyatlarni o‘z ichiga olgan mifologik solnomalar – «Kodziki»
va «Nihon shoki» dindorlar orasida yuksak hurmatga ega. Shu
ningdek, gunohlardan poklanish va ibodat raqslarini baja
rish
tartiblariga bag‘ishlangan «Engishiki» va «Kagurauta», didaktik
mazmundagi «Olam haqidagi yuz doston» hamda farzandni ax
loqiy tarbiyalash bo‘yicha foydalaniladigan «Ise toshbitiklari» sin
toiylikning muqaddas diniy matnlari to‘plamini tashkil qiladi.
Dostları ilə paylaş: