O‘rta asrlarda G‘arb falsafasi.
G‘arbda Platon, Aristotel va
boshqa yunon faylasuflari tomonidan qoldirilgan «intellektual
meros» G‘arb dunyosidagi diniy an’analar bilan o‘zaro uyg‘un
lashgan holda «yashash»ni davom ettirdi. G‘arb falsafiy an’ana
si Ibrohimiy dinlar (yahudiylik, xristianlik va islom) tomonidan
shakllantirilgan dunyoqarashlar ta’siri ostida bo‘lib keldi. Bu din
lar Yahve, Alloh yoki oddiygina, Xudo nomlari bilan ataluvchi
mutlaq qudrat sohibi tomonidan yuborilgan, Ibrohim va undan
keyingi payg‘ambarlar ilgari surgan ilohiy ta’limotlarga asoslana
di.
Payg‘ambarlar yagona va yashirin iloh tomonidan nozil qilina
digan vahiyni qabul qilib, insonlarga yetkazish uchun ularning
orasidan tanlab olingan shaxslardir. Shunga ko‘ra, vahiy orqali no
zil bo‘lgan xabarlar (muqaddas manbalar) asosida payg‘ambarlar
tomonidan insonlarga yetkazilgan qat’iy e’tiqodlar majmuyi ush
bu dinlarning ustunini tashkil qiladi. Ushbu dinlar muqaddas man
balarida birinchi navbatda Xudoning yagonaligi ta’kidlanadi.
Bu masalaga qattiq urg‘u berilishini, hatto, uch dinda ham
Xudo nomi uning yagonaligini ifodalash uchun katta harf bilan
yozilishida ko‘rish mumkin. Bu dinlar asosida ilohga e’tiqod qi
lish turganligidan ilohiy, ana shu e’tiqod yagona ilohga qaratil
ganligi jihatidan yakkaXudolik dinlari deb hisoblanadi. Faqat,
xristianlikning yahudiylik va islom dinlaridan farqli jihati – bu
40
din ta’limotida din asoschisi Iso Masih Xudoning o‘g‘li va Xu
doning inson qiyofasidagi sirli gavdalanishi deb e’tiqod qilini
shi ko‘zga tashlanadi. Xristianlik va islom dinlari o‘rtasidagi aso
siy o‘xshashliklardan biri, ikki dinda dindorlar o‘z e’tiqodlarini
boshqa insonlarga yetkazishga undaladi. Ta’limotni yoyishga
bo‘lgan xattiharakat imonlilar jamoasiga qo‘shilish orqali oxir
zamonda jahannamdagi abadiy alamli azobdan xalos bo‘lib najot
(jannat)ga erishish to‘g‘risidagi e’tiqodga asoslanadi. Shu o‘rinda
eslab o‘tish lozimki, turli dinlardagi yuqoridagi kabi najot topish
ga oid e’tiqodlar «soteriologiya», oxir zamon, dunyoning poyoni
ga taalluqli e’tiqodlar «esxatologiya» tushunchasi bilan yuritiladi.
Bir yarim ming yildan ortiq davr mobaynida, G‘arbda Aristo
tel tomonidan gavdalantirilgan yunon falsafiy an’anasining ratsional
ruhi bilan o‘z diniy an’analari talablarini muvofiqlashtirishga hara
kat qilgan faylasuflar tomonidan ko‘plab nufuzli asarlar yozildi. Fi
lo Yudaus (Philo Judeaus, milodiy 1550 yy., Iskandariyadagi ya
hudiy faylasufi. U ayniqsa, Aflotun va Aristotel falsafasi asosida
«Musoning besh kitobi» (Tavrot)ni misollar orqali sharhlaganligi bi
lan tanilgan) yunon falsafiy yo‘nalishi bilan yahudiylik an’analarini
moslashtirishga harakat qilgan faylasuflardan biri. Filo muqaddas
matnlarni o‘qishdagi yondashuvni «istiora uslubi» bilan birlashtir
di. Bu uslubda, u ko‘rinishdan o‘zaro bog‘lanmagandek tuyulgan
matnlarni so‘zmaso‘z qabul qilmaslik kerakligiga e’tibor qarata
di. Ba’zi hollarda, til ramziy, unda qilinayotgan hikoyalar majoziy
bo‘lib, uni real voqelik bilan bog‘lovchi ochiq tushuntirishlarga eh
tiyoj tug‘iladi. Shuningdek, xristian ruhoniysi Avgustin (354–430)
Bibliya matn laridagi ma’lumotlar va tabiat qonunlari o‘rtasida ku
zatiladigan mavjud tafovut sababini tushuntirishga harakat qilgan
shaxslardan biri hisoblanadi.
Aksariyat dinlarning zamonaviy dindorlari o‘z diniy man
balari bilan shug‘ullanish chog‘ida ba’zi istioriy (allegorik) talqin
turlaridan foydalanishlariga qaramay, bugungi kunga qadar, diniy
41
matnlarni so‘zmaso‘z o‘qishni afzal ko‘ruvchi dindorlar ko‘pchi
likni tashkil qiladi. Bu kabi dindorlar ko‘pincha «zohiriylar» deb
ataladi. Shu jihatdan, diniy fundamentalizm diniy manbalar
dagi ma’lumotlarning zohiriy ma’nosigina tushunish va unga er
gashishga qat’iy turib olish oqibatida kelib chiqadi. Zohiriylar o‘z
dinlarining muqaddas kitobida keltirilgan dunyo paydo bo‘lishi
ning kosmologik talqini, farishta va jinlar kabi ilohiy va yarimil
ohiy mavjudotlar bilan to‘la jannat va jahannam hayoti, Xudo va
payg‘ambarlarning ko‘rsatgan mo‘jizalari, jannatga kirish, o‘lim
dan keyin qayta tirilish haqidagi e’tiqodlarga imon keltiradilar.
O‘z navbatida, ular diniy manbalar ramziy, allegorik xususiyat
ga ega hamda dunyo haqidagi inson tushunchasi ibtidoiy shaklda
bo‘lgan davrga xos degan da’volarni qoralaydilar. Qolaversa, ular
muqaddas diniy matnlar inson qo‘li bilan buzilgani yoki unga
o‘zgartirishlar kiritilgani haqidagi qarashlarni rad etib, ular Xudo
tomonidan yuborilgan narsa mutlaq va benuqson haqiqat ekan
ligini ta’kidlaydilar. Shunday bo‘lsada, ko‘rinib turibdiki, rat
sional tafakkur asosida yuzaga chiqqan empirik dalillar va diniy
manba keltirgan da’volar o‘rtasida keskin tafovut mavjud ham
da «ma’rifatparvarlik asri»gacha o‘tgan bir yarim ming yillik davr
mobaynida mazkur tafovutni o‘rganish G‘arbdagi din falsafasi
ning asosiy tadqiqot obyektiga aylandi. Biroq, Filo va Avgustin
misolida ko‘rib o‘tganimizdek, ularning aksariyati diniy dunyo
qarash asosida amalga oshgan bo‘lib, shu jihatdan, ularni falsafiy
teologiya yoki apologetika (teologiyaning xristian dini aqidalarini
himoya qiluvchi bo‘limi) deb atash mumkin.
Falsafiy teologiya rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ko‘plab ziyoli
lar orasiga yahudiylik e’tiqodi (kred – creed) yoritilgan «O‘n uch
tamoyil» asari muallifi, keng qamrovli bilim sohibi bo‘lgan Mu
so Maymonidiy (Moses Maimonides, 1135–1204, Sulaymon is
mi bilan tanilgan)ni ham kiritish mumkin. Kred muayyan diniy ja
moa e’tiqodining asosiy tamoyillarining qisqacha xulosasi bo‘lib, u
ko‘pincha jamoa yig‘inlari va marosimlarda ommaviy o‘qilgan. Shu
42
ningdek, «Mavhumlikdan chiqish» (The Guide to the Perplexed)
asarida Maymonidiy o‘zining qarashlari shakllanishiga Aristotel va
bir qator musulmon faylasuflari katta ta’sir o‘tkazganligini qayd et
gan. U musulmon olimlaridan 450 ortiq monografiyalar muallifi,
ham mutafakkir ham tabib Ibn Sinoni alohida hurmat bilan zikr qil
gan. O‘z navbatida, Maymonidiyning ishlari xristian teologlari –
Foma Akvinskiy (Thomas Aquinas, 1225–1274) va Jon Dans Sko
tus (John Duns Scotus, 1266–1308) faoliyatiga katta ta’sir o‘tkazdi.
Foma Akvinskiy eng nufuzli teolog sifatida baholanib, uning qalami
ga mansub – katolik e’tiqodidagi har bir masala bo‘yicha ratsional
mulohazalar to‘plami «Summa Teologika» ancha mashhur sanala
di. Akvinskiy o‘z ishlari orqali to‘qqizinchi asrda boshlangan sxolas
tik an’anani qayta gavdalantirdi va u Aristotelning falsafiy qarash
larini teologiya bilan uyg‘unlashtirishga harakat qildi. «Sxolastika»
(sxolastika – diniy aqidalarning nazariy asoslashga qaratilgan o‘rta
asrlar falsafasi) tushunchasi asosan xristian kontekstida vujudga
kelganiga qaramay, Maymonidiy va Ibn Sino ham mos ravishda
yahudiy va musulmon sxolastiki deb hisoblanadi. Sxolastika zamo
naviy G‘arb falsafasining ko‘tarilishi bilan poyon topdi.
Dostları ilə paylaş: |