tepasida kurtka yoki ko‘ylak kiyishadi. Tailand baleti dunyoga tanilgan.
Raqsga asosan ayollar tushadilar. Tomoshaga
tayyorgarlik shunchalik
murakkabki, u bir necha soatni talab qiladi. Kolleksioner va sayyohlar
Tailand zargarlik buyumlarini yuksak baholaydilar.
Kambodjaning yirik xalqi kxmer qishloqlari, daryolar va hovuzlar
yaqinida joylashgan. Uylari ustunlar ustida bir-ikki xonali qilib quri
lgan. An’anaviy kiyimlari - sarong, erkaklar - kurtka,
ayollar uzun
sharflar kiyishadi.
Laosliklar (lao) Laosning asosiy etnonimi sanaladi. Ko‘cha
bo‘ylab uzun masofada joylashgan ustunlar ustida bunyod etilgan
uylarda yashaydilar. Uy hunarmanchiligi, umuman hunarmanchilik
rivojlangan.
Toshdan but va sanamlar yasash, ko‘p qatlamli lokdan
buyumlar, daraxt o‘ymakorligi, zargarlik rivojlangan. Vyetnamning
asosiy aholisi - vyetlar mamlakat hududining asosiy qismini egal
lagan. Mamlakat shimolida o‘rmonli hududlarda turli millat va kam
sonli xalqlar yashab, ularning tillari ham rang-barang, arxaik madani-
yatlarini saqlagan. Lekin so‘nggi yillarda bu aholi vyetnamliklardan
ko‘plab madaniy yutuqlami o ‘zlashtirdi. Zamonaviy Vyetnamda yirik
shahar
markazlari mavjud, ularda yuksak rivojlangan sanoat tashkil
etilgan. Ayni paytda turli an’anaviy hunarmandchililc ham o‘z aha-
miyatini yo‘qotmagan. Mamlakatda ishlab chiqarilayotgan zargarlik
buyumlari, rotan va bambuk poyasidan to‘qilgan narsalar katta miq-
dorda eksportga yuboriladi. Vyetnam path gilamlari ham yuksak si-
fatli ekanligi bilan xususiyatlanadi. Vyetnamliklar
qishloqlari yirik,
ular tepalik yonbag‘ri bo‘ylab, daryo vohalari va yo‘llar chekkalarida
joylashgan. Har bir qishloqda jamoa uyi mavjud bo‘lib, undayig‘inlar
o‘tkaziladi. Uylari sinchli, loy bilan suvalgan, devorlari to‘g‘ridan
to‘g‘ri yer ustida bunyod etilgan.
Vyetnamning qishloq joylarida an’anaviy kiyimlar saqlangan. Pal
ma barglaridan to‘qilgan qalpoq (shlyapa), oyoqlarida sandal,
barcha
hududlar uchun xususiyatlidir. So‘nggi o‘n yilliklarda shaharlarda yev-
ropacha kiyimlar tarqalmoqda. 0 ‘tmishda vyetnamliklarda tishlarini
qoralash odati bo‘lgan. Qishloqlarda betel chaynash tarqalgan. Unda
187
betel bargi arek palmasi urug‘ining bo‘laklariga ohak qo'shib tayyor-
lanadi. Vyetnamliklar boy ma’naviy madaniyatga egalar. Turli-tuman
folklor dostonlari (podsho-ajdarho haqida rivoyat, dostonlar va h.k.lar),
badiiy adabiyot rivojlangan. Suv ustida hovuzda tomosha ko‘rsatiladi.
Vyetnamda Fanlar akademiyasi, oliygohlar tashkil etilgan.
Janubiy-Sharqiy Osiyoning
alohida xalqlari ongi, ulaming taraqqi-
yotga intilishi qator omillar orqali: o‘ziga xos tabiat, yorqin madani
yat, mehnatsevar aholi, shuhratli voqealarga boy tarixga milliy ozodlik
urushlaridagi g‘alabalar, yangi davrda ijtimoiy-iqtisodiy yuksalish to
mon harakatlar orqali shakllangan. 0 ‘zining tarixiy taraqqiyotida yirik
etnoslar o‘z davlatlarini tuzdi, yozuvlarini yaratishdi, zamonaviy ada
biyot va maorifiii shakllantirish borasida muhim qadamlar qo'yishdi.
Lekin bu mintaqada
ham murakkab jarayonlar kechib, ulaming
yechimini topish katta kuch va sabr-toqatni talab qiladi. Ulardan biri
deyarli barcha mamlakatlarda xitoyliklaming qudratli diasporasi
bo‘lib, ular mayda savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida yetakchilik
qilishi mahalliy aholini g‘azablantirib, etnoslararo dushmanlik kayfi-
yatini yaratmoqda.
Dostları ilə paylaş: