Nаzorat savollar
1.Suyuqliklar sarfi va tezligi haqida nimalarni bilasiz?
2.Suyuqlik oqimi turg‗un harakati davrida qanday o‗zgarishlar sodir
bo‗ladi?
80
20-amaliy mashgulot
ISSIQLIK ALMASHINISH APPARATLARI.
ISSIQLIK O‘TKAZUVCHANLIK
Ishdan maqsad:
Issiqlik almashinish apparatlari va issiqlik
o‗tkazuvchanlik qurilmalarining tuzilishi, turlari, ishlash prinsipi va
hisoblashni o‗rganish.
Umumiy ma’lumotlar
Harorat yuqori bo‗lgan jismdan haroratsi past jismga issiqlikning o‗z-
o‗zidan qaytmas o‗tish jarayoniga issiqlik almashinish deyiladi.
Jarayonni harakatga keltiruvchi kuchi bu har xil harorati bo‗lgan
jismlarning haroratlar farqidir. Termodinamikaninig 2-qonuniga binoan
issiqlik har doim haroratsi yuqori jismdan haroratsi past jismga o‗tadi .
Issiqlik (issiqlik miqdori) - bu issiqlik almashinish jarayonining
energetik hararakteristikasi bo‗lib, jarayon mobaynida uzatilgan yoki
olingan energiya miqdori bilan belgilanadi.
Issiqlik almashinish jarayonida ishtirok etuvchi jismlar issiqlik
tushuvchi eltkich yoki issiqlik eltkich deb nomlanadi .
Issiqlik o‗tkazish – issiqlik energiyasining tarqalish jarayonlari
to‗g‗risidagi fan.
Issiqlik almashinish jarayonlariga isitish, sovutish, kondensatsiyalash
bug‗lanish va bug‗latishlar kiradi. Ushbu jarayonlarni amalga oshirish
uchun mo‗ljallangan qurilmalar issiqlik almashinish qurilmalari deb
ataladi.
Ma‘lumki, issiqlik almashinish jarayonlarida kamida 2 ta turli haroratli
muhit issiqlik energiyasini qabul qiluvchi past haroratli muhit esa sovuqlik
eltkich deb ataladi.
Issiqlik o‗tkazish jarayonining asosiy kinetik xarakteristikalari bo‗lib
o‗rtacha haroratlar farqi issiqlik o‗tkazish koeffitsiyenti va uzatilayotgan
issiqlik miqdorlari hisoblanadi.
Issiqlik almashinish qurilmalarini hisoblashda quyidagi parametrlar
topiladi.
Issiqlik asosan 3 usulda uzatilishi mumkin: issiqlik o‗tkazuvchanlik,
konveksiya va issiqlik nurlanish.
|