O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/191
tarix25.08.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#140467
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   191
Falsafa ma’ruzalar matni

Tayanch tushunchalar 
Ma’rifatparvarlik, Temuriylar davlatining inqirozi, Shayboniylar davlati, xonlik va amirliklar davri falsafasi, 
jadidchilik, jadidlar falsafasi. 
Takrorlash uchun savollari 


1. Poshoxo’ja ijtimoiy qarashlarining xususiyatlari nimada? 
2. Yusuf Qorabog’iyning ilmga qo’shgan hissasini so’zlab bering. 
3. Ahmad Donish o’zining «Navodirul-vaqoe» asarida qanday ijtimoiy-falsafiy g’oyalarni ilgari surgan? 
4. Abdulla Avloniyning «Turkiy guliston yoxud axloq» asari to’g’risida nimalarni bilasiz? 
ADABIYoTLAR 
1. Karimov I. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. — T.: O’zbekiston, 1999. 
2. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. — T.: O’zbekiston, 2000. - 352 b. 
3. Ma’naviyat yulduzlari. T. 1999. 
4. O’zbekistonda ijtimoiy-falsafiy fikrlar tarixidan. T. 1995. 
5. O’rta Osiyoda pedagogik fikr taraqqiyotidan lavhalar. T. 1996. 
6. Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yohud axloq. T. 1992. 
7. Mustaqillik izohli ilmiy-ommabop lug’at. T. 1998. 
8. Jadidchilik: islohot, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash. T. 1999. 


7-mavzu. Hozirgi zamon falsafasi va uning asosiy oqimlari 
 
Reja: 
1. Hozirgi zamon falsafasi: vorislik va yangilanish. 
2. XX asr falsafasining asosiy oqim va yo’nalishlari. 
3. XX asr falsafasida inson va jamiyat muammolari. 
4. Hozirgi zamon falsafasini o’rganishning ahamiyati. 
Ma’lumki, hamma zamonlarda ham falsafa o’z davrining dolzarb muammolarini hal etish yo’llarini topishga 
harakat qilgan. XX asrga kelib insoniyat fan va texnika taraqqiyoti sohasida ulkan yutuqlarni qo’lga kiritdi. Lekin shu 
bilan birga, aynan ushbu asr ijtimoiy silsilalar, ikkita jahon urushi, ekologik inqiroz, og’ir yo’qotishlar davri ham 
bo’ldi. Bu esa falsafiy fikrning taraqqiyotida o’z aksini topdi, uning turli yo’nalish va oqimlari shug’ullangan 
muammolarning salmog’i, maqsad-muddaosini aniq belgiladi. Buning natijasi sifatida, hozirgi davr falsafasida 
nihoyatda xilma — xil oqim va yo’nalishlar mavjud. O’z navbatida bu ilm-fan va amaliyotning hamda XIX asrning 
ikkinchi yarmi va hozirgacha bo’lgan falsafa ilmi rivojining asosiy xususiyatlarini belgilaydi. 
Hozirgi zamon falsafasining eng asosiy tamoyillari umuminsoniylikning ustuvorligi, uning milliylik bilan 
uyg’unligi, demokratik erkinliklar, inson qadri, biror ta’limotni mutlaqlashtirmaslikdir. Bag’rikenglik va tolerantlik 
hozirgi falsafiy ta’limotlar rang-barangligini ta’minlaydi. 
An’anaviy falsafada, turli g’oyaviy tizimlarga bo’linishiga qaramay, muhim muammolarni hal etishda ma’lum bir 
umumiylik mavjud edi. Hozirgi zamon falsafasida aksincha, falsafiy muammolarning ko’p xilligi va o’ziga xosligi, 
turli-tumanligi, ular asosida falsafiy oqimlarning mustaqil yo’nalish sifatida shakllanganligi yaqqol ko’zga tashlanadi. 
An’anaviy falsafada aql — inson mohiyatining belgilovchisi, deb talqin etilgan bo’lsa, endi ratsionalizmga qarshi 
insonning mavjudligi (ekzistentsializm) muammolari, hamda uning noratsional mohiyati ilgari surila boshladi. Ya’ni 
ilgari ma’rifatparvarlik g’oyasi ustuvor bo’lsa, endilikda ko’proq inson huquqlariga e’tibor kuchayib ketdi. Falsafa 
guyoki, mavhumlikdan aniqlik tomon bordi, umumiy emas, aniq-ravshan masalalarni hal qilish boshlandi. 
An’anaviy falsafada hodisalar mexanika qonunlari asosida tushuntirishga harakat qilingan bo’lsa, endi bunday tahlil 
doirasidan chetda qolgan muammolar o’rganila boshlandi. 
Bugungi kunga kelib ko’pgina falsafiy oqimlar o’zlarining an’anaviy falsafaga aloqador ekanliklarini hamda 
ulardan farq qilishlarini ta’kidlash maqsadida, nomlariga 
«neo»
, ya’ni yangi, zamonaviylashgan degan ma’noni 
anglatuvchi qo’shimchani qo’shganlar. Masalan, neopozitivizm, neotomizm va boshqalar shular jumlasiga kiradi. 
Fanning jamiyat hayotidagi o’rnini belgilash va unga nisbatan munosabatga qarab, zamonaviy falsafiy ta’limotlarni 
asosan ikki yo’nalishga ajratish mumkin. Ulardan biri — 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin