O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni


intuitiv bilish, qalban bilish, g’oyibona bilish



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/191
tarix25.08.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#140467
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   191
Falsafa ma’ruzalar matni

intuitiv bilish, qalban bilish, g’oyibona bilish
dir. O’zining butun borlig’ini fan, din, 
siyosat va san’at sohasiga bag’ishlagan buyuk kishilar ana shunday bilish qobiliyatiga ega bo’ladilar. Intuitiv bilish 
hissiy va aqliy bilishga tayanadi. Buyuk shaxslarning g’oyibona bilishi ularning doimiy ravishda fikrini band etgan, 
echimini kutayotgan umumbashariy muammolar bilan bog’liqdir. Ilmiy bilishning eng samarali usullarini aniqlash 
gnoseologiyada muhim o’rin egallab keldi. Har bir fan o’ziga xos bilish usullaridan foydalanadi. 
Ilmiy bilish fakt va dalillarga, ularni qayta ishlash, umumlashtirishga asoslanadi. Ilmiy fakt va dalillar to’plashning 
o’ziga xos usullari mavjud bo’lib, ularni ilmiy bilish metodlari deyiladi. 


Ilmiy bilish metodlarini o’rganadigan maxsus soha — 
metodologiya
deb ataladi. Ilmiy bilish metodlari o’z 
xarakteriga ko’ra: 1) eng umumiy ilmiy metodlar; 2) umumiy ilmiy metodlar; 3) xususiy ilmiy metodlarga bo’linadi. 
Eng umumiy ilmiy bilish metodlari barcha fanlar uchun xos bo’lgan metodlardir. Bunga analiz va sintez
umumlashtirish va mavhumlashtirish, induktsiya va deduktsiya, qiyoslash va modellashtirish kabilarni ko’rsatish 
mumkin. Masalan, tabiatshunoslik fanlarida kuzatish, eksperiment, taqqoslash umumilmiy metodlar bo’lsa, ijtimoiy 
fanlarda tarixiylik va mantiqiylik umumilmiy metodlar hisoblanadi. 
Xususiy ilmiy metodlar har bir fanning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi. Masalan, suhbatlashish, anketa 
so’rovi, hujjatlarni o’rganish sotsiologiya faniga xos bo’lgan xususiy ilmiy metodlardir. Bir fanda yaxshi samara 
beradigan ilmiy bilish metodi boshqa fanda shunday samara bermasligi mumkin. Ilmiy bilishda to’g’ri metodni tanlash 
bilishda muvaffaqiyat garovi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, ilmiy tadqiqotda nimani o’rganish kerak, degan 
masala fan predmetini aniqlashga imkon bersa, qanday o’rganish kerak, degan masala esa ilmiy bilish metodini to’g’ri 
belgilashga yordam beradi. 
Ilmiy bilish metodlari va ilmiy nazariya bir-biri bilan uzviy bog’liqdir. Ilg’or ilmiy nazariya fanning butun taraqqiyoti 
davomida erishilgan muhim yutuq bo’lib, u ilgarigi ilmiy qarashlarni ijodiy rivojlantirish, o’sha yutuqlarga tanqidiy nuqtai 
nazardan qarash orqali vujudga keladi. Fan mohiyatan o’zi erishgan yutuqlarga shubha bilan qarashni taqozo qiladi. 
Fan, falsafa sohasida erishilgan yutuqlarni mutlaqlashtirish, ularga ko’r-ko’rona sig’inish muqarrar ravishda 
dogmatizmni keltirib chiqaradi. Fan erishgan yutuqlar hamisha nisbiydir. Lekin bunday nisbiylikni mutlaqlashtirish 
relyativizmni, fan yutuqlariga ishonchsizlik bilan qarash esa, skeptitsizmni vujudga keltiradi. Fan taraqqiyoti uchun 
dogmatizm, relyativizm va skeptitsizm jiddiy xalaqit beradi. 
Ilg’or ilmiy nazariyalar ma’lum bir davrda ilmiy va falsafiy qarashlar yo’nalishini o’zgartirishi, ilmiylikning o’ziga 
xos mezoni bo’lishi ham mumkin. Masalan, Charlz Darvinning evolyutsion nazariyasi, A. Eynshteynning nisbiylik 
nazariyasi falsafiy va ilmiy dunyoqarashlarda muhim o’zgarishlarni vujudga keltirdi. 
Gnoseologiyada haqiqat tushunchasi muhim o’rin tutadi. 
Haqiqat
inson bilimlarining voqelikka muvofiq kelishidir. 
Haqiqatni ochish yoki ilmiy haqiqatga erishish har qanday ilmiy bilishning asosiy vazifasi hisoblanadi. Haqiqat o’zining 
mazmuniga ko’ra mutlaq va nisbiy bo’lishi mumkin. Fan haqiqati hamisha nisbiy xarakterga ega bo’lib, ularning 
majmuasidan mutlaq haqiqat vujudga keladi. 
Haqiqat o’z mazmuniga ko’ra hamisha ob’ektivdir. Ya’ni uning mavjudligi ayrim kishilarning xohish-irodasiga 
bog’liq emasdir. Masalan, O’zbekistonning milliy mustaqilligi ob’ektiv haqiqatdir. Ayrim kishilarning bu mustaqillikni tan 
olish yoki olmasligidan qat’i nazar, bu haqiqat o’z mazmunini saqlab qolaveradi. Haqiqatni atayin buzish yoki 
soxtalashtirish oxir-oqibatda fosh bo’ladi va o’z qadrini yo’qotadi. Shuningdek, haqiqat hech qachon mavhum emasdir. U 
hamisha konkretdir. Hegel so’zlari bilan aytganda, nimaiki voqe bo’lsa, u haqiqatdir, haqiqat — voqelikdir. Haqiqat 
mazmunining konkret xarakteri joy, vaqt va sharoitni e’tiborga olishni talab etadi. 
Gnoseologiyada tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilishning o’ziga xos xususiyatlarini anglash muhim ahamiyatga egadir. Uzoq yillar 
davomida tabiatshunoslik fanlariga xos bo’lgan ob’ektivlik, xolislik ilmiylikning muhim mezoni deb hisoblab kelindi. Biroq XX 
asr o’rtalarida fan-texnika inqilobi insoniyat oldida paydo bo’lgan muammolar tabiatshunoslik fanlari oldiga qadriyatli 
yondashuv vazifasini qo’ya boshladi. Aqlli mavjudot bo’lgan inson har qachon tabiatni o’rganishda hamisha o’z manfaatlarini 
ko’zlaydi. Tabiat resurslari cheksiz va bitmas-tuganmasdir, degan bir yoqlama qarash oxir-oqibatda inson tomonidan tabiatga 
nisbatan shafqatsiz munosabatni vujudga keltirdi. XX asr oxirlariga kelib tabiatga nisbatan insonlarcha, qadriyatli munosabatda 
bo’lish zaruriyati chuqurroq anglana boshladi. 
Ijtimoiy fanlar hamisha mavjud siyosiy tuzum, davrning talab va ehtiyojlari bilan uzviy bog’liq ravishda 
rivojlanadi. Ijtimoiy bilishda jamiyat ham bilish ob’ekti, ham bilish sub’ekti sifatida namoyon bo’ladi: insoniyat o’z 
tarixini yaratuvchi va o’z-o’zini biluvchidir. 
Tabiatshunoslikda nisbatan barqaror sistemalar bilish ob’ekti hisoblanadi. Tabiatdagi narsa va hodisalar 
tadqiqotchiga hech qanday qarshilik ko’rsatmaydilar. Ijtimoiy bilishda esa, nisbatan tez o’zgaruvchi sistemalar bilish 
ob’ekti hisoblanadi. Ijtimoiy bilishga xos bo’lgan muhim xususiyat shundaki, u moddiy ishlab chiqarish sohalarinigina 
emas, balki jamiyatning ancha murakkab ma’naviy hayotini, ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni, qarashlar va g’oyalarni 
ham o’rganadi. Ijtimoiy fanlar milliy g’oya va milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishda muhim rol o’ynaydi. 
Gnoseologiyaning maqsad va vazifalari, bilishning mohiyati va mazmuni to’g’risida zarur bilimlarga ega bo’lish 
mamlakatimizda bilimdon, har jihatdan etuk barkamol inson shaxsini shakllantirishda alohida o’rin tutadi. Bilish 
nazariyasi bo’lajak mutaxassis-kadrlarda muayyan ilmiy layoqat va qobiliyatlarni shakllantirishga ko’maklashadi. 
Milliy mustaqillik yillarida gnoseologiya oldiga qo’yilayotgan eng muhim vazifalardan biri, ilmiy bilimlarning 
jamiyatimiz taraqqiyoti, tinchligi va farovonligi uchun xizmat qilishini ta’minlaydigan omil va mexanizmlarni 
o’rganish, ulug’ ajdodlarimizning ilmiy bilimlarni rivojlantirish borasida orttirgan tajribalarini keng ommalashtirishdir. 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin