130
24-chizma
.
Bank likvidligini
boshqarish
Likvidlikni boshqarish nazariyasi
tijorat banklarining tashkil
topishi va rivojlanishi bilan bir vaqtda paydo bo‘lgan va
rivojlanib kel-
gan. Dastlab bank likvidligi masalasiga ikki turdagi yondashuv mavjud
bo‘lgan.
Birinchi yondashuv
bo‘yicha bank aktivlarining miqdori, tuzilishi
va muddatlari bank passivlari tuzilishga mos tushishi lozim edi. Bu esa
tijorat banklari tomonidan o‘z likvid mablag‘laridan
faol foydalanishga
imkon bermas edi. Bu nazariya asosida bankning oltin qoidasi ishlab
chiqilgan edi. Unga ko‘ra bankning talablari miqdori va muddati uning
majburiyatlari miqdori va muddatiga teng bo‘lishi zarur edi, ya’ni:
Ikkinchi yondashuvda
esa aktiv va passivlarning real hayotga mos
kelmasligi asos qilib olingan. Chunki eng katta
bank ham moliya-kredit
siyosatidagi o‘zgarishlar, iqtisodiy inqirozlar va boshqa o‘zgarishlardan
kafolatlanmagan. Bunday o‘zgarishlar ayniqsa, bozor iqtisodiyotiga
o‘tish yo‘lidan borayotgan davlatlarga xos bo‘lib, u bank likvidligini
ta’minlash zaruriyatini, ya’ni tijorat banklari aktivlari va passivlarini
samarali boshqarishni talab qiladi.
Aktivlarni boshqarish
nazariyasi
quyidagi uslubiy qoidaga
asoslanadi:
Birinchidan,
tijorat bank mablag‘larini qisqa muddatli ssudalarga
berganda uning likvidligi saqlanadi. Bu qoida ba’zi g‘arb davlatlari
qonunlarida o‘z aksini topsa-da, amaliyotda esa u «ikkinchi darajali
zaxiralar» nomini olgan.
Bank likvidligini boshqarish
Aktivlarni boshqarish
Passivlarni boshqarish
Bankning
oltin qoidasi
Bankning
majburiyatlari
miqdori va
muddati
Bankning
talablari
miqdori va
muddati
=
131
Ikkinchidan,
agar kreditni to‘lash grafigi uchun mijozning kelgusi
davrda oladigan daromadlarning tushish grafigi asos qilib olinsa, u
holda bank likvidligini rejalashtirish mumkin.
Demak, bank likvidligiga kredit va investitsiyalarning to‘lash
muddatini o‘zgartirish orqali ta’sir etish mumkin. Amaliyotda bu qoida
investitsiya portfelini pog‘onali boshqarishda o‘z aksini topadi.
Dostları ilə paylaş: